Xalqaro futbol uyushmasi terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi reytingda bir pog‘ona yuqorilab, 77-o‘ringa ko‘tarilib olgan.
Shunga qaramay, Osiyo mamlakatlari tasnifida olib qaraganda, O‘zbekiston 9-o‘ringa sho‘ng‘igan. Bungacha Eron (34), Avstraliya (36), Yaponiya (56), Janubiy Koreya (59), Saudiya Arabistoni (65), Xitoy (70), Suriya (76) termalari O‘zbekistondan oldinda borayotgandi. Endi esa Falastin termasi reytingda 76-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Falastinliklar jami 5 pog‘ona yuqorilashga erishgan.
Kuchli o‘ntalikda o‘zgarish yuz bermadi. Nemislar hamon dunyoning birinchi raqamli terma jamoasi bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlar Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Ispaniya, Polsha, Shveysariya, Fransiya va Chiliga tegishli.