FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi
Shveytsariya hukumati FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atdi, deb xabar bermoqda tvitterda AR axborot agentligi.
FIFA qarorgohida hamda Yozef Blatterning ofisida tintuvlar o'tkazildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqda Shveytsariyaning bosh prokurori ma'lum qildi. Uning aytishicha, tintuvlar paytida ma'lumotlar musodara qilingan. FIFA prezidenti UЕFA prezidenti Mishel Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln shveytsar franki o'tkazib berganlikda gumon qilinmoqda.
Avvalroq Blatter FIFA AQSh va Shveytsariya tomonidan FIFAning ba'zi yuqori lavozimli vakillariga nisbatan olib borilayotgan aksilkorruptsion tergovlarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qilgandi