Munisa Rizayeva "Ovuna" qo‘shig‘iga ajoyib voqelik klip suratga oldirib unda romantika, jasorat , qaxramonlik va afsuski fojea xam aks ettirilgan. Klipdagi asosiy urg‘u xuquq tartibot organlari ishchilarining mushkul xizmatiga qaratilgan bo‘lib, xizmat vaqtidan tashqarida xam bunday soxa vakillari fidoilikni xamisha xis qilib yashashi aks ettirilgan.
Xullas, kimlardir "ment" va "gaishnik" deb yomon ko‘riladigan bu soxa vakillari aslida bizlarning xavfsizligimiz uchun xizmatda ekanini, ular xam birovni farzandi ekani xamda ularning xam uyida kutayotgan oila bola-chaqasi borligini unutmaylik.
Afsuski so‘nggi paytlar xukumat tarafidan keskin tanqidga olinayotgan ayrim (!) balki aybdorlar sabab butun boshli barcha xuquq tartibot organlari xodimlariga xalqning fikri salbiy o‘zgarayotgandek. Lekin, Xudo ko‘rsatmasin biror kor xol yuz bersa unutmanglarki, aynan mana shu ishchilar jonini tikib turib beradi, izoxlardagilar esa uyini burchagiga o‘tirib olib telefondan kuzatib sharxlash bilan kifoyalanadi xolos.
Bu soxada qancha ishchilar ko‘p bo‘lsa demakki yurtimizda xamisha mard, jasoratli va fidoiy erkaklar tarbiyalanayotganidan darak! Tinchligimizga sog‘ omon bo‘lishsin! Bu soxani zaxmatli mashshaqqatini uddalash xammagayammas!
Munisaga esa mana shunday klip uchun xurmat!