Femen harakati faollari musulmon tadbirida kaltaklanishdi
Frantsiyaning Pontauze shahrida Femen harakati faollari ayollarning islomdagi o'rniga bag'ishlangan anjumanga xalaqit berishga urinishlari uchun kaltaklandi. Yarim yalang'och ishtirokchilardan biri sahnada nutq so'zlayotgan paytda sahnaga otilib chiqib, arab va frantsuz tillarida qandaydir shiorlarni baqira boshlashgan.
Noxush holatni tezda bartaraf qilingan, biroq anjumanning ba'zi ishtirokchilari faollarga nisbatan jismoniy kuch qo'llashgan.
Femen harakati Ukrainada vujudga kelgan. Uning faollari yarim yalang'och ko'rinishda siyosiy aktsiyalar o'tkazishadi. Harakat 2012 yilda Frantsiyada ro'yxatdan o'tgan va yana bir qator davlatlarda tashkilotning filiallari mavjud.