Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Farzandingizni geniy qiladigan 10 holat

“Sony” korporatsiyasi asoschilaridan biri Masaru Ibuka “Uch yoshdan so‘ng kech” nomli kitobida, uch yoshli bola o‘yin chog‘ida ulg‘ayganida juda ko‘p vaqt sarflaydigan ishlarni o‘zlashtirishi yozilgan. Yurish, konkida uchish, suzish... Bordi-yu ehtiyotlayvermay, yordam berilsa, farzandingiz bir vaqtning o‘zida shularning barini o‘rganishi mumkin. Quyida bolaning geniy bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan ota-onalarning o‘n qo‘rquvi haqida to‘xtalamiz...

1. “Fantaziya”

“O‘ylab topma”, “bo‘lmag‘ur gap” kabi ishonchsizligingiz bilan baxtli bolalikni ta’minlagan bo‘lajak zamonaviy aka-uka Grim va Uolt Disneylarni yo‘qqa chiqaryotganingizni bilasizmi? Aksincha, farzandingizdagi “fantaziya”ni rivojlantirish uchun atrofdagi vaziyatlardan ertak, ssenariy, qahramonlar fe’l-atvorini to‘qishga yo‘naltiring. Samimiy “fantaziya” qilishni boshlasangiz, o‘zingizni to‘xtata olmaysiz, ishonavering. Kelajakda, ona-bola, ota-bola hammuallifligidagi ertak kitoblari sotuvga chiqsa ajabmas.

2. Sayohat

4 yoshli bolani mahorat bilan salsa raqsini tushayotganini ko‘rib, “iste’dod berilgan-da”, deyish bilan cheklanasiz. Va bolangizni “yugurib, charchagan”, deya bolalar maydonchasidan uyga qo‘lda ko‘tarib borasiz. Aslida esa hamma gap mashqda. Instagramda oilaviy dam olayotgan oilaning rasmlarini ko‘rib, yana o‘zingizni oqlaysiz. Avvaliga “bolalarim yosh, kolyaskada yurish noqulay”, deysiz. Farzandlar ulg‘aygach, “shuncha bola bilan boramanmi?” deysiz. Yana ta’kidlaymiz: hamma gap mashqda! Bola bilan bir oyda bir qilingan sayr katta-katta natijalarni beradi, o‘ylab ko‘ring.

3. Qiyin syujetlar

“Bo‘g‘irsoq”, “Qizil qalpoqcha” kabi syujetlarni takrorlash bolaning dunyoqarashi uchun juda muhim. Qisqa syujetlar esa bolaning so‘z lug‘ati tanqisligiga olib keladi. Shu bois uyqu oldidan “Dyuymovochka”, “Qirol sher” kabi qiyin syujetli audiospektakllarni eshittiring yo kitobidan o‘qib bering. Hech qancha vaqt o‘tmay, so‘z boyligi yaxshigina ortganiga guvoh bo‘lasiz.

4. «Qiyin» musiqa

Masaru Ibuka o‘z kitobida bolaning uch yoshgacha bo‘lgan vaqtida dunyoni o‘rganishi uchun keng imkoniyat berilishi lozimligini ta’kidlagan. Masalan, musiqali o‘yinchoqlardan cheklamang. Bu jarayonda bolangizni opera yo jazni tushunmasligini inobatga olmang. “Ayiq qulog‘ini bosib olgan”, deya boladagi eshitish qobiliyatini rivojlantirish haqida o‘ylamaysiz. Chunki ota-onalarning o‘zida bu qobiliyat ham, qiziqish ham yo‘q. Ibuka kitobida doktor Shinichi Suzukining “Iste’dodni tarbiyalash” metodini keltirib o‘tgan. Suzuki o‘z metodi orqali oddiy bolalardan musiqiy geniylarni tarbiyalagan.

5. Jonivorlar

Qo‘pol, befarosat kabi so‘zlarni aqliy rivojlanmaganlarga nisbatan ishlatilishi quloqqa chalinadi. Hech qaysi ota-ona farzandiga nisbatan bu “ta’riflar”ni eshitishni istamaydi, albatta. Aqliy rivojlanishni bolaning jonivorlar bilan muloqoti ta’minlashidan xabaringiz bormi? Ideal usul – uy hayvonlarini boqish. “Tishlab oladi”, “infeksiya yuqtiradi” kabi gaplar bilan bolangizni jonivorlar bilan muloqotini cheklash siz uchun eng oson yo‘l. “Ko‘chadagi itlarni silama” yoki “voy, axlat oldida mushukcha yuribdi, ushlab ko‘rasanmi?” degan gapdan qay birini tanlash o‘z qo‘lingizda... Birgina qishda qushlarga yemak joy yasashni o‘rgatish orqali bolani ehtiyotkorlik va boshqa jonli jonzotlarni his qilishni o‘rgatgan bo‘lasiz.

6. Ziravorlar

Yozuvchi Pamela Drukerman o‘z kitoblarida gastronomik ta’mlar bolalikdan, hatto qo‘shimcha ovqatlar orqali rivojlanishini ta’kidlagan. Ko‘pchilik davlatlardagi bog‘chalarda bolalar oddiy taomnoma bilan cheklangan. Lekin avvallari Fransiya bog‘chalarida bolalarga turli pishloqlar, har xil ziravorli taomlar berilgan. Bolalar va kattalar menyusi ajratilmagan. Achchiq va o‘tkir ovqatlar bundan mustasno, albatta. Masalan, rayhon yo dolchin qo‘shilgan limonad, uzoq sayrdan so‘ng zanjabil qo‘shilgan choy boladagi dunyoqarashni kengaytiribgina qolmay, nozik ta’m shakllanishiga ham sabab bo‘ladi.

 

7. Shishi buyumlar

Bola tarbiyasidagi ishonchingiz shisha orqali ham dunyoni anglashiga poydevor bo‘ladi. Masalan, istalgan yoshda shishali o‘yinchoqni archaga ilishga ruxsat bering. Lekin bu ularni nazoratsiz qoldiring, degani emas. Ishonch va sabringiz orqali bolangiz mahoratga ega bo‘ladi.


8. Pichoq

Tarbiyadagi eng muhim omil – bolaga ishonish. Intellekt barmoq uchida joylashgani esa hamma onalarga ma’lum. Lekin onalar shu barmoqlarni o‘tkir tig‘li anjomlardan himoyalashadi. Pamela Drukerman o‘z kitobida “Fransuz bolalari ovqatni sachratmasligini kuzatganman”, deb yozgan. Boisi ular oshxona jixozlaridan mohirona foydalanishadi, hatto pichoqdan ham. Bu bolalarga o‘rgatilganmi? Yo‘q! Ular bolalar uchun mo‘ljallangan qoshiq, sanchqi, desert pichog‘i orqali kattalarga taqlid qilib o‘rganishgan. Bunday anjomlar bilan jarohatlanishmaydi. Biroq yaxshigina ko‘nikmaga ega bo‘lishadi.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4729 | Рейтинг: 0| Рейтинг: geniy qiladigan, 10 holat, Farzandingiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное