Farrux Zokirov jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi
Ayni kunlarda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov davolanmoqda, deb yozadi “Qalampir.uz”. Nashrga yetkazilgan ma’lumotlarga qaraganda, “Yalla” guruhi solisti Farrux Zokirov Toshkent shahridagi V.V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida davolanyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, bir necha yil avval shifokorlar Farrux Zokirovga o‘t qopida tosh borligi tashxisini qo‘ygan. Kuni kecha Olmaotadan qaytgan xonanda 14-noyabr kuni operatsiya qilinib, o‘t qopidagi toshdan forig‘ bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Farrux Zokirov bu yil 70 yoshni qarshilagan edi.