Xabarlarga ko‘ra "O‘zbeknavo" estrada birlashmasidan lisenziya olgan xonandalar soni bugungi kunda deyarli 3000ga yaqin bo‘libdi. Qizig‘i xali efirga chiqmagan va internet olamidanoq mashxur bo‘layotgan yosh xavaskor xonandalarning xam soni yuzlab desam ishonavering. Biroq internetdagi "promo" bilan kifoyalangan xonandalarning taniqlilari esa sanoqli. Shulardan bugungi kunda eng taniqlisi Farrux Xamraev sanaladi. Uning lisenzisi bor va endigi yo‘l efirga!
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgan so‘rovnomamiz natijasida efirlarda bo‘lmaganu biroq internetdan mashxur xisoblagan xonanda sifatidi aksariyat ovoz aynan Farruxga bo‘ldi. Qizig‘i nafaqat internet mashxurlari orasida balki kerak bo‘lsa efirlarda aylanayotgan reytingi baland xonandalardan xam Farruxning yutubdagi kliplari millionlab tomosha qilinmoqda. O‘zbek estradasining internet saxnasi reytingi!
Bir vaqtlar "Ummon" guruxi xam shu tariqa faqat internet orqali o‘smir-yoshlar orasida mashxurlikka erishib keyin efirga chiqqandi, biroq u vaqtlar ularning kliplari bo‘lmagan va shu uchun ularni Farruxning millionlab tomosha qilinayotgan kliplari bilan mashxurlik darajasini taqqoslash qiyinroq. Lekin Farrux xam "Ummon" kabi efirgacha bo‘lgan qadamlaridanoq konsert berishga ulgurgan. Nafaqat Toshkent balki Rossiyada xam. Yana bir o‘xshashlik tarafi esa "Ummon" kabi Farrux xam internet doirasidagi ijodida musiqiy saviyasi sustligiyu va o‘sha ovozdagi noprofessionalizmni "avtotyun" ortiga berkitishi xam o‘xshash. O‘sha vaqtlar reytingdagi artistlarni ayrimlarini bu boradagi keskin tanqidiga uchragan va xamkasb sifatida tan olinmagan "Ummon" guruxi yigitlarini esa endilikda aynan o‘sha tanqid qilganlarning atrofida ko‘p uchratish mumkinligi qiziq). Farrux xam xozir "avtotyun"dan voz kechib, musiqiy va klip saviyasigacha professional tarzda efir va katta saxnalaru tadbirlarga faol bo‘lishga xarakatni boshlab yuborgan va uni xam real saxnadagi xamkasblari o‘z qatoriga qo‘shisharmikan? Yaqindagina "Kim edigu kim bo‘ldik" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirning viloyatdagi gala-konsertlarida esa muxlislarning Farruxni kutib olishlari va birgalikda uni qo‘shiqlarni baralla qo‘shilib kuylashlaridan Farruxni o‘zi xam xayratda ekanligini yashirmaydi. Asosiysi yuzlab reytingdagi artistlar bilan bir qatorda katta stadionda fayzni ola oldi.
O‘zbek estradasida internet doirasidanoq reytingi eng baland sanalgan Farruxni suxbatga o‘zimiz taklif qildik. Ruscha yaxshi bilganlar Farruxni qaysi qo‘shig‘i ustidan kulishgandi?
Bu yigitni ijodidan tanish bo‘lmaganim uchun suxbatdan avval internetdan uning eng ko‘p ko‘rilgan kliplarini birma-bir tomosha qilib chiqarkanman, bir vaqtlar feysbukda aynan shu yigitning bir klipini ko‘pchilik jo‘natib tanqid qilib yozishimizni so‘rashgani yodimga tushdi...o‘sha izoxlar orasida bir-ikki rus tilini yaxshi bilganlar qo‘shiqdagi so‘zni ruscha deb o‘ylab rosa kulishgandi... vaxolanki.... xullasi, albatta savollardan u xam joy oldi va buni suxbatdan bilib olasiz. Xali "buzulmagan" va yulduzlik kasaliga uchramagan yigit!
Suxbat esa juda samimiy kechdi, Farrux o‘ta madaniyatli, o‘ta xushmuomala yigit ekan. Ochig‘i, suxbatdan keyin xaddan ziyod tanqidiy yondoshib yubormadimmikan deb o‘yladim xam. Zero u o‘zini muomala madaniyati, kamtar va samimiyligi bilan xam xurmatga loyiq deb bildim. Ishqilib bu yigitda bir fikrim xato bo‘lishini istardimu ammo "Ummon" yigitlari xam boshida shunday edi. ) Balki shunday tuyulgandi) yoki xozir boshqacha tuyulmoqda, xullas, Shu xafta u bilan o‘tgan videointervyuni tomosha qilasiz.