Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Farg'onada Zo'r-Zo'r UCG 2013 e-sport bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi

7-8 sentabr kunlari Farg‘onada Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining V hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Farg‘onada o‘tkaziladigan turnirlarda ishtirok etish uchun Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan bo‘lgan e-sportchilar taklif etiladi.


"Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan e-sportchilar ham milliy birinchiliklarda, ham xalqaro arenada muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar, – deydi Chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Jumladan, masalan 2009 yilda farg‘onalik geymer Sardorbek Abdullaev Vetnamda AIG 2009 III Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritgan, joriy yilda esa u Janubiy Koreyada AIMAG 2013 VI Osiyo o‘yinlarida Need For Speed avtosimulyatori bo‘yicha kumush sovrindoriga aylandi. Ishonman-ki, bu yili ham turnirda Vodiydan bo‘lgan qobiliyatli e-sportchilar aniqlanadi”.

7 sentabrda Farg‘onadagi Saytex klubida DotA AllStars jamoa o‘yini bo‘yicha turnir o‘tkaziladi, 8 sentabrda esa Toshkent axborot txnologiyalari universitetining Farg‘ona viloyati filialida FIFA13 futbol simulyatori bo‘yicha musobaqalar hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, "Bilayn”ning Sharqiy hududiy filial direktori Sanjarbek Iminov quyidagilrani qayd qildi: "Filialimiz kompaniyaning eng strategik klaster hisoblanadi, chunki biz mamlaktaning eng aholi zich joylashgan, uning katta qismi yoshlardan iborat bo‘lgan qismida ishlaymiz. E-sport bo‘yicha VIII O‘zbekitson Chempionati kabi keng tadbirni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati taqdim etilganidan juda xursandman, chunki "Bilayn”ning bosh maqsadi – innovatsiyalar hamda respublikada AKTni ilgari surish. Ishonaman-ki kompyuter o‘yinlari muxlislarini yuqori muvaffaqiyatli sportga jalb etish bolalarda jamoa ruhi va sobitqadamlik shakllanishiga xizmat qiladi”. 

Eslatib o‘tamiz, Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games 2013 kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilik O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ko‘magida "Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali tomonidan o‘tkazilmoqda. "Bilayn” birinchilikning Bosh homiysi bo‘ldi. Chempionatning hududiy saralash turnirlari Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Toshkentda o‘tkazilmoqda.

UCG kompyter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari 10 davomida o‘tkazilib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya va Germaniyada mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar Makao-2007 va Vetnam-2009 Yopiq binolardagi Osiyo o‘iynlaridagi kumush medallar milliy e-sportchilarning yuqori muvaffaqiyatlari bo‘ldi.

Oxirgi ikki yil davomida "Kelajak Ovozi” YOTM va "Bilayn” ko‘magi ostida mamlakatimizda e-sport yanada rivojlanib, xalqaro arenada jiddiy sakrashga erishdi. Janubiy Koreyada Osiyo Olimpiya kengashi homiyligi ostida o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritib, ikkinchi umumjamoa o‘rinni egalladi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 chempionatining bosh hakami - AIMAG 2013 Osiyo o‘yinlari chempioni Pavel Saprikin.

Qayd qilish joiz, FIFA 13 sport simulyatori bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston chempionatining g‘olibi joriy yil noyabrda Kunshan (Xitoy) da bo‘lib o‘tadigan WCG 2013 Jahon chempionatining Grand-finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 2165 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное