Evropa mamlakatlarida anomal sovuq saqlanib qolmoqda, deb xabar berdi “Interfax.ru”.
Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati ob-havoning inson hayoti uchun havfli eng yuqori darajasini e’lon qildi.
Buyuk Britaniyaning ayrim hududlarida 50 santimetrgacha qalinlikdagi qor kutilmoqda.
Ob-havo poezd va aviareyslar bekor qilishga sabab bo‘lgan. “British Airways” kompaniyasi “Heathrow” va “Gatwick” aeroportlaridagi 68 ta parvozni bekor qilgan.
Fransiyada sovuq natijasida mamlakatning katta qismida “sovuq” rejasi harakatga keltirildi.
Reja doirasida 68 departamentda hukm surayotgan sovuq talofatlarini bartaraf qilish uchun hukumat uysizlarga 5 mingta vaqtinchalik turar joylar taqdim qilgan.
Fransiyada ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan 3 kishi sovuqdan halok bo‘lgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni kunlarda Yevropa mamlakatlari, xususan, Polsha, Latviya va Fransiyada sovuqdan halok bo‘lganlar soni 10 kishini tashkil qilmoqda.
Ispaniya Kataloniyasida qor joriy hafta boshida boshlangan. Shu sababdan odamlar seshanba kuni yo‘llarda muammolarga duch kelishgan.
Rimda ikki kundirki, maktab va bolalar bog‘chasi yopiq. Avtobus va tramvaylar uzilishlar bilan ishlamoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Dolomotiv Alp rayonida havo harorati selsi bo‘yicha -20 gradusdandan pastga tushgan, Monte-Roza tog‘li massivida va Monblan tog‘ cho‘qqilarida havo harorati -35 gradusni ko‘rsatgan.
Avvalroq, Yevropaga Sibir sovug‘i kirib kelganini xabar bergan edik.