Amerikaning Yuta Universiteti olimlari erkaklar agressiyasi sabablaridan birini aniqladi. Bu tadqiqotga bag‘ishlangan maqola Human Nature jurnalida e’lon qilindi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Maqolada ma’lumot berilishicha, erkaklar agressiyasi ular yashayotgan tumanda ayollarning ko‘p yoki kamligiga bog‘liq. Olimlarning fikricha, bu holat erkaklarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir qilib, turli zo‘ravonlik jinoyatlarining sodir etilishiga sabab bo‘lar ekan.
Bunday xulosaga kelish uchun olimlar AQShning uch mingdan ortiq okrugidagi jinslar orasidagi munosabatlarni o‘rganishdi, FRB ning reproduktiv yoshdagi ayollar va erkaklar sodir etgan jinoyatlar statistikasi bilan taqqoslab ko‘rishdi.
Olimlarning fikricha, ayollar yetishmasligi erkaklarni itoatkor va mo‘min-qobil qilib, jufti bilan ajrashmasdan, uzoq yashashga majbur qilar ekan. Mutaxassislar bu tadqiqot turli zo‘ravonlik jinoyatlarining oldini olishda katta yordam beradi, deb hisoblashmoqda.