Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ayol Qalbi - True Love
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Kuz ertagi-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Merlin-Soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Erkak va ayol munosabatlariga putur yetkazuvchi 9 sabab

Ba’zan eng chiroyli juftlikning hech narsadan hech narsa yo‘q ajrashib ketayotganligini ko‘rib hayron qolamiz. Bunday holatga yetib kelguncha, xavf-xatar signali chalinadi, ammo biz boshqa ishlar bilan qattiq band bo‘lganimizdan yoki dangasaligimizdan bunga ko‘p ham e’tibor bermaymiz. Quyida “Lifehacker.ru” nashri bunday holatning oldini olish uchun sezish, his qilish, anglash yuzasidan zarur tushunchalarni izohlab beradi.
1. Ishonchning yo‘qolishi
Avvaldan mavjud bo‘lmagan yoki bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi oqibatida munosabatlar poydevoriga putur yetadi, orzu-umid, kelajakka ishonch yo‘qoladi. Ishonchning yo‘qolishiga asoslanmagan, sababsiz rashk, bir paytlar va’da qilinib, amalga oshirilmagan ontlar sabab bo‘ladi. Ishonchsizlik oqibatida juftlik o‘rtasida turli nizolar chiqib, janjalga, assosiz so‘roq-savollarga, juflardan birining erkini bo‘g‘ishga bo‘lgan harakatlar yuzaga keladi. Natijada bu narsa kareraga, munosabatlarga putur yetkazadi.
2. Turli-tuman maqsadlar
Bir aravaga qo‘shilgan ikki ot har tomonga tortsa, arava joyidan jilmaydi. Hayotda ham juftlarning orzu-niyatlari, maqsadlari bir xil bo‘lmasa juda qiyin bo‘ladi. Ba’zida maqsadlarning turli-tumanligi juftlarning o‘zlari xohlaganday yashashlariga ham to‘sqinlik qiladi.
3. Zo‘ravonlik
Bu yerda gap jismoniy zo‘rlik haqida emas, balki ma’naviy zo‘ravonlik haqida ketyapti. Tan yarasidan ko‘ra, qalb yarasining bitishi juda og‘ir kechadi.
Ruhiy zo‘ravonlik belgilari:
•  Juftini to‘liq nazorat qilish.
•  Juftini haqorat qilish, bo‘lar-bo‘lmasga tanqid qilish, yerga urish.
•  Juftida qo‘rquv uyg‘otish maqsadida uning ustidan hukmronlik qilish.
•  Keragidan ortiq — nafaqat odamlardan balki, juftini ishidan, qiziqishlaridan, orzularidan qizg‘anish, rashk qilish.
•  Juftini o‘zining hukmiga bo‘ysundirib, aytganlarini so‘zsiz bajarishni kutish.
•  Juftini aldash.
•  Umumiy qaror chiqarish vaqtida juftining ovoz berish huquqi yo‘qligi.
•  Juftini qarindoshlaridan, do‘stlaridan, hayotdan uzib qo‘yish.
Hozir biz ruhiy zo‘ravonlik haqida gapirganimizda ko‘z o‘ngimizga erkak kishi keldi, ammo u ayol ham bo‘lishi mumkin. Chunki ayollar jismonan zo‘ravonlik qilmasalar-da, ruhiy tomondan yaxshigina zarba berishadi.
4. Aldangan umidlar
Agar hamma narsa biz kutgandek amalga oshsa, o‘zimizni judayam baxtli his qilamiz. Ammo orzumiz amalga oshmasa, o‘zimizni dunyodagi eng ishi yurishmagan odam deb hisoblaymiz. Aslida hali turmush qurmagan paytimizda juftimizni ideallashtirib yuboramiz. Birga yashagandan keyin, uni yaqindan bilgach,  kamchiliklari yuzaga chiqa boshlaydi va biz o‘zmizni aldangan his qilamiz.
5. Zararli odatlarga tobelik
Spirtli ichimlik iste’mol qilish, giyohvandlik inson hayotini do‘zaxga aylantiradi. Bu zararli odatlarga hali tobe bo‘lishga ulgurmagan odamga yaqin insoni yordam bera oladi. Ammo u zararli odatlarga ko‘nikma hosil qilib bo‘lgan bo‘lsa, bunday vaziyatdan faqatgina uning o‘zi chiqib ketishi mumkin. Jufti har qancha harakat qilmasin, o‘zi irodali bo‘lib, bunday yomon odatlardan qutulishga harakat qilmasa, hammasi befoydadir.
6. Uzoqlashish, ko‘ngil sovish, zerikish
Maqsad va intilishlarning har xilligi juftlarning bir-biridan uzoqlashishiga sabab bo‘ladi. Faqatgina yolg‘izlikdan, pulsiz qolishdan, farzandlardan ajrab qolish haqidagi qo‘rquvgina ularni birga yashashga majbur qiladi. Ammo ularni birga yashashga majbur qiladigan sabab qolmasa, juftlik ajrashib ketadi.
7. Turli darajada rivojlanish
Juftlarning ajrashib ketishiga turli darajadagi rivojlanish ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, tanishgan paytlarida ularning bilim darajasi, aqliy salohiyati bir xil bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ulardan biri o‘z ustida ishlab, o‘qib-o‘rganib, ikkinchisidan o‘zib ketishi mumkin. Natijada qiziqishlar doirasining, dunyoqarashning turli-tumanligi oqibatida juftlar ajrashib ketadi.
8. Moliyaviy muammolar
Moliyaviy muammolar deganda pulning kamligi tushunilmaydi, balki ularni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik turli moliyaviy muammolarga sabab bo‘ladi. Masalan:
•  Juftining ko‘p pul topishi ikkinchisiga yomon ta’sir qilib, moliyaviy tomondan unga qaram qilib qo‘yadi.
•  Umumiy oila byudjeti faqat bir kishining xohish-istagi bilangina taqimlanadi.
•  Juftlardan biri pullarni ikkinchisidan maslahat so‘ramay, ishlatib yuboradi. Keyin zarur narsalar uchun pul topilmay qoladi.
9. Ruhiy va jismoniy aloqaning uzilishi
Juftlar ham jismonan, ham ruhan bir-biridan uzoqlasha boshlaydi. Ular bir-birini tushunmaydi, qiyin vaziyatlarga tushib qolganda bir-birini qo‘llab-quvvatlamaydi, muammolarning yechimini topolmaydi. Oqibatda ular muammoli vaziyatdan chiqish yo‘lini ko‘chadan, begonalardan qidira boshlaydi va turli xiyonatlar yuzaga keladi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 7932 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Erkak va Ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное