1) Rafiqasining bekordan-bekorga begona erkaklar bilan gaplashmasligini, erkaklar bilan gaplashish zarurati tug‘ilganda o‘zini jiddiy tutishini;
2) Ayolining tashqi qiyofasiga, kiyim-kechagiga e’tiborli bo‘lishini, ozoda yurishini;
3) Rafiqasining hayotida nechog‘liq o‘rin tutishini bilishni, uning maqtovini eshitishni;
4) O‘zi haqida gap ketganda rafiqasining kamsituvchi, qo‘pol so‘zlarini eshitmaslikni, hurmat qilishini;
5) Ayolining ruhiy madad berishini, ishonishini;
6) Kamchiliklarini eng yaqin qarindoshlariga ham aytmasligini;
7) Rashkini keltirib, boshqa erkaklarni maqtab, ko‘kka ko‘tarmasligini;
8) Ishdan kelganda rafiqasining ochiq chehra bilan kutib olishini, e’tiborli bo‘lishini;
9) Ota-onasiga yaxshi muomalada bo‘lishini;
10) Uning kamchilik va qusurlariga ko‘z yumishini;
11) Farzandlarining oldida yerga urmasligini, kamsitmasligini;
12) Oilaviy sirlarni ko‘chaga yoymasligini, erini birovlarga yomonlamasligini;
13) Bekordan-bekorga rashk qilmasligini;
14) Farzanlariga madaniy va ma’rifiy tarbiya berishini.
15) Turli janjallarga sabab bo‘luvchi g‘iybatlarga, nizolarga, janjallarga aralashmasligini istaydi.
Islam-Today