Er uchastkasini o‘zlashtirish muddati o‘zgartirildi
O‘zbekiston Respublikasi Senat tomonidan 2015 yil 6 avgustda ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun asosida 2015 yil 20 avgustda Yer kodeksiga o‘zgartishlar kiritildi.
Unga binoan, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini o‘zlashtirish muddati 2 yildan 3 yilga uzaytirildi.
Uch yil ichida ulardan foydalanilmasa, yerga egalik huquqi bekor qilinadi.