Dunyo bozorida smartfonlar savdosi o‘sishi pasaydi
Strategy Analytics hisobotida ma’lum qilinishicha, 2015 yilda smartfonlarning sotilishi ko‘rsatkichlari sekinlashdi va bu ko‘rsatkichlar keyingi 6 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda Engadget nashri xabar bergan.
Strategy Analytics hisobotiga ko‘ra, 2015 yilning 9 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizlik o‘sish qayd etilgan va bu raqam juda kichik hisoblanadi. 2009 yildagi moliyaviy inqirozdan beri bunchalik sekin o‘sish qayd etilmagani aytilgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, o‘sish ko‘rsatkichlarining pasayishiga iste’molchilarning aksar qismi bir nechtadan smartfonga egaligi va ular har yilda yangi smartfonlar xarid qilishga zarurat sezishmayotgani asosiy sabab bo‘ladi.
O‘sish ko‘rsatkichlari sekinlashganiga qaramasdan, smartfonlar sanoatida Samsung kompaniyasi o‘z mahsulotlari narxlarini tushirish evaziga barqarorligini saqlab qolgan. Apple esa bu borada Samsung kompaniyasidan ortda qolmoqda va bozorda atigi 14 foizlik ulushga ega (o‘tgan yildagiga nisbatan 2 foiz o‘sish) bo‘lib turibdi.