Kecha, 9 yanvar kuni Xonanda Doston Ubaydullaevning otasi taniqli sozanda, doira san’ati ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Ubaydullaev 66 yoshida vafot etdi.
"Bizdan rozi bo‘ling otajonim, Alloh rahmatiga olsin sizni", - deb yozuv qoldirgan xonanda instagram‘dagi sahifasida.
Rustam Ubaydullaev 1952 yilning 2 sentabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan edi.
"Darakchi" tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.