O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, ertaga, 7 iyuldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha: 1 AQSh dollari 10 184 so‘m 73 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 11 so‘m 65 tiyinga qimmatlagan. 1 yevro kursi 11 455 so‘m 78 tiyinga baholanib, 44 so‘m 30 tiyinga qimmatlashdi. Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3 so‘m 49 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 142 so‘m 48 tiyin etib belgilangan. Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.