O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 4 dekabr kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSh dollari 8314 so‘m 85 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 15 so‘m 65 tiyinga qimmatladi.
Evro kursi esa 3 so‘m 4 tiyinga arzonlab, 1 yevro 9408 so‘m 25 tiyinni tashkil etdi.
1 Rossiya rubli narxi 123 so‘m 85 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 54 tiyinga arzonladi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.