Dipika Padukone Gollivudda suratga olinadigan yangi “XXX” filmida Vin Dizel bilan birga suratga tushadigan bo‘ldi, deya xabar berdi“zee-tv.ru” nashri. Dipika ilgari ham Gollivudda suratga olingan “Forsaj-7” filmida ishtirok etish uchun taklif etilgan, biroq u “Romea va Juletta”ning hindcha varianti bo‘lmish “Ram va Lila” filmi s’yomkalari bilan band bo‘lgani bois bu taklifni rad etgandi. Bundan bir necha oy avval MAMI kinofestivalida Ranvir Singx “Dipikaning Gollivudni zabt etish vaqti keldi”, degan iborasi o‘z tasdig‘ini topgan ko‘rinadi.