Dunyodagi barcha e’tibor “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmining yangi qismiga qaratilgan bir vaqtda Bollivudda ham yana bir diqqatga sazovor voqea sodir bo‘ldi.
Hindistonda Roxit Shettining "Dilwale" (“Sevishganlar”) filmi premerasi bo‘lib o‘tdi, unda Bollivudning eng mashhur juftliklaridan biri sanalgan Shoxrux Xon va Kajol bosh rollarni ijro etishgan. Bu ularning besh yillik tanaffusdan keyingi birgalikda ijro etgan loyihasidir, ushbu filmni dam olish kunlarida 100 kror (15 million AQSh dollari)ni zabt etgan ilk Bollivud filmi bo‘lishi mumkinligini prognoz qilishmoqda.
Mazkur juftlik so‘nggi o‘n yil davomida o‘ndan ortiq filmda birgalikda ishtirok etgan, shunga qaramay, “Sevishganlar” muhim ahamiyatga ega, chunki ularga mashhurlik yo‘lini ochib bergan “O‘g‘irlanmagan kelin” filmiga bu yil 20 yil to‘ldi.
“O‘g‘irlanmagan kelin” yoki muxlislar tomonidan erkalab aytiladigan “DDLJ” hind filmlari tarixida prokatda eng uzoq saqlanib qolgan filmga aylandi. “Sevishganlar” “O‘g‘irlanmagan kelin”ning davomi emasligiga qaramay, taqqoslanishning oldini olishmaqsadida, syujet shu paytgacha sir tutildi, albatta, muxlislarining 1995 yilning romantik tarixiga bo‘lgan muxabbati katta ta’sir ko‘rsatadi. Kinolenta rejissyori Roxit Shetti bo‘lib, uning oldingi “Chinnay eksperssi” (unda ham bosh rolni Shoxrux Xon ijro etgan) Buyuk Britaniya prokatidagi eng kassabop Bollivud filmlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallagan, shuning uchun film borasidagi umidlar katta.
Deyarli aynan Xon “Sevishganlar”dagi bosh rolga Kajolni taklif etish fikrini bildirdi. “Ssenariyni ilk marotaba ikki yil o‘qiganimda u menga yoqdi, chunki unda ayollarga yo‘naltirilgan qiziq syujet chizig‘i bor edi, men Roxitga Kajolni mana shu film bilan kinoga qaytishga ko‘ndirishni taklif qildim” – deya hikoya qiladi Xon. “O‘g‘irlanmagan kelin”ning 1000 haftalik prokati va premeraga 20 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayramlarni hisobga olganda bu yomon fikr emasdi ” – deydi akter. “Men avval ham Roxit bilan birgalikda ishlaganman, uning filmlari muhabbat chizig‘i kiritilgan yumor va ekshn qorishmasidan iborat, shuning uchun Bollivudning yaxshi kinolari uchun xos bo‘lgan barcha elementlarga ega”.
“Bu muhabbat haqidagi qiziqarli hikoya edi va bir necha yil o‘tgach, biz tijorat kinosining bir qismiga aylandik. Mazkur film Bollivudda mashhur bo‘lgan qirralarni mujassam etgan holda oila tarixini hikoya qiladi va chuqur ma’noga ega. Mening hayotim insonlarni tabassum qilishga majbur qilish va vaqtini yaxshi o‘tkazishga bag‘ishlangan, biroq “yaxshi vaqt” deyilganida men “engiltak vaqt”ni nazarda tutmayman, u tomoshabinlarni kinozaldan popkorndan qolgan bo‘sh qutidan tashqari yana bir boshqa narsa olib ketishga majbur etishi kerak ”.
Xon yigirma yil davomida o‘zining beqarorligi bilan tanilgan kinosanoatda birinchi raqamli aktyor mavqeini saqlab kelmoqda, u Uill Smitning tijoratga oid mashhurligi va Rober de Nironing e’tirof etilishini o‘zida mujassam eta oldi. “Yulduzlar jangi” nuqtai-nazaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, u bollivudlik muxlislar uchun Dart Veyder uslubi bilan Lyuk Skayuokerga o‘xshaydi. U Filmfare (Oskarning hindcha ekvivalenti)ning “eng yaxshi aktyor” kategoriyasida rekord darajadagi sakkizta sovringa ega hamda yaqinda kino va hayriyaga qo‘shgan hissasi uchun Edinburg universitetining doktorlik darajasiga ega bo‘ldi. Xonning katta muvaffaqiyati vaqt, kasb va iste’dodni jasurlik bilan tanlash natijasidir.
Yetakchi qahramonlar juftligiga muxlislar muhabbati katta ahamiyatga ega bo‘lgan sanoatda Kajol Shoxrux Xon uchun Richard Barton uchun Elizabet Teylor tutgan ahamiyatga ega bo‘ldi. Juftlik bir necha filmlarda hamkorlik qilishdi, biroq “O‘g‘irlanmagan kelin” filmidan so‘ng hind kinosi tarixidagi o‘z o‘rinlarini bildirishdi. Film kinosanoatda burilish yasadi, chunki u ilk marotaba subkontinentdan tashqarida dunyoga kelgan G‘arbdagi diasporaning ikkinchi yoki uchinchi avlodi vakillariga qaratilgan edi. Hind yoshlarining real aks ettirilishi (Bollivud pushtirang ko‘zoynaklari orqali bo‘lsa ham), milliy ildizlarni saqlab qolish o‘sha vaqt madaniy ruhiyatini o‘zida namoyon etdi.
Ularning hamkorlikdagi ishlari muvaffaqiyat bilan davom etdi, oxirgi “Mening ismim Xon” Shoxrux Xon hind qiziga uylangan, Asperger sindromidan aziyat chekkan musulmon rolini ijro etgan. Undagi ayol rolni ham Kajol ijro etgan. 9 sentyabrdan keyin ularning nikohi buziladi, u o‘z sevgilisini qaytarish uchun harakat qiladi.
“G‘arbda, ayniqsa, Buyuk Britaniyada katta diaspora yashaydi” – deydi Xon. “Buyuk Britaniyada tug‘ilgan va o‘sganlarning ikkinchi va uchinchi avlodlari paydo bo‘lishdi, ular hali ham o‘z ildizlarini unutishgani yo‘q. Filmlarimiz tomoshabinlarga umid beradi. Mazkur muxlislar yordamida g‘arb auditoriyasi Bollivudni bildi va qabul qildi. Ba’zi g‘arblik tomoshabinlar filmda qo‘shiq va raqslarning borligini noodatiy deb hisoblaydilar, biroq ular kishiga zavq bag‘ishlaydi. Kino tillar xilma-xilligini yengadi va dunyoni madaniyatimiz bilan tanishtirishga yordam beradi”.
“Buyuk Britaniyada diaspora uzoq yillar davomida shakllandi. Filmlarim texnik jihatdan Gollivudnikidan qolishmasligi men uchun muhim, shuning uchun g‘arb tomoshabinlari hind filmini tomosha qilgach, Gollivud kinolari standartlariga javob bermaydi deyishlari kerak emas. Ularga syujet, qo‘shiq yoki boshqa narsalar yoqmasligi mumkin, biroq film texnik jihatdan yutqazmasligi lozim”.
Shunga qaramay, “Sevishganlar”ning chiqishi bahslar va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lyapti. Yaqinda Xon televizion intervyularning birida Hindistondagi diniy vaziyat to‘g‘risida bergan intervyusidan keyin salbiy munosabat bilan to‘qnashdi. “Mazkur qarama-qarshiliklarning filmga aloqasi yo‘q. Men o‘z fikrimni bildirdim, uni ba’zi odamlar muayyan ko‘rinishda sharhlashdi, biroq men undan voz kecha olmayman, chunki bu mening fikrim” - dedi aktyor. “O‘ylashimcha, menda ota, turmush o‘rtoq, oila boshlig‘i mohiyati aktyor va yulduz mohiyatiga qaraganda ustunlik qiladi, men ushbu mas’uliyatdan bo‘yin tovlay olmayman, biroq bu hozirgi kunda filmga o‘z ta’siri ko‘rsatmoqda va shu tufayli mablag‘larni yo‘qotishimiz xavfi atrofimdagi insonlarni qayg‘uga solmoqda... bu juda qo‘rqinchli va afsusli”.
Buyuk Britaniya manbalari materiallaridan foydalanildi.