Dildora Niyozova qo‘shiq "o‘g‘irlab turishi"ni tan oldi
Ko‘pchilik bu xonandani shirali ovozi va jonli kuylay olish salohiyati tufayli yaxshi ko‘radi. Uning samimiyati, oddiyligi, oilaparvarligi ham barchaga ma’lum. Internet saytlaridan biri ikki kun avval mazkur xonanda bilan suhbat uyushtirdi.
Unda Dildora Niyozova jurnalistning «Ijodda o‘g‘irlik qilib turasizmi?» degan savoliga «Albatta!» deb qat’iy javob berdi.
– Albatta. Yaxshi qo‘shiq eshitib qolsam, boshqa millatga xos bo‘lsayam, o‘shaning ohangi yoqsa, umuman qo‘shiqning matnini internetdan ko‘rib, nima haqdaligini bilaman. Yoqib qolsa she’ri, o‘zbekchaga o‘girib turib ijro etgan paytlarim bo‘lgan…