“Islom davlati” nazoratidagi Iroq hududidagi yerlar 2015 yil ohiriga kelib 40 foizga qisqardi. Suriyada ID 20 foiz hududini yo‘qotdi. Bu haqda AQSh rahbarligidagi antiterrorchilik koalisiyasi polkovnigi Stiven Uorren xabar berdi
Reuters’ning xabar berishicha, 2014 yilda ID ekstremistik guruhi Iroqning uchdan bir qismini qo‘lga oldi va Bog‘dodga qadam qo‘ya boshladi. Ularni to‘xtatish Iroq armiyasiga yordamga Eron jangchilari kelgani sababli amalga oshdi.
Shundan beri IDga qarshi jangga 60 mamlakatdan AQSh boshchiligidagi koalisiya qo‘shildi. Sentabr ohiridan esa jangga Rossiya harbiy havo kuchlari ham qo‘shildi. Hamkorlik samarasi o‘laroq ID jangarilarini juda ko‘p aholi yashash punktlaridan chiqarib yuborishga erishildi.