Coca Cola kompaniyasi iste’molchilar shakarli ichimliklardan tiyilgani sababli 1200 nafar ishchisini shu yil oxiriga qadar ishdan bo‘shatadi.
2017 yilning o‘tgan uch oyi shuni ko‘rsatdiki, Yevropa va Qo‘shma Shtatlardagi iste’molchilar gazli ichimlik tarkibidagi yuqori darajadagi shakarni sog‘liqqa zarar, deb hisoblashmoqda.
Coca Cola‘ga ko‘ra, ushbu yil uchun ko‘zlangan foydaning fevral oyigacha miqdori kutilganidan past bo‘ldi, ya’ni 1/3 va 1/4 foiz o‘rtasida. Iste’molchilar esa o‘zlarining sog‘ligi uchun ko‘proq foydali ichimlik va yeguliklar tanovul qilishni xohlashmoqda.