Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Sad Love
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Soundtreck-Великолепный Век
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Efir Sirlari - Piano Version
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Choy ichishning 8 qoidasi haqida eshitganmisiz?

Och qoringa mumkin emas

Nonushta qilmasdan avval ichilgan choy oshqozon suyuqligiga ta’sir etib, ba’zilarda me’da kislotasi me’yorini o‘zgartirib yuboradi. Bu esa oshqozon faoliyati bilan bog‘liq bezovtaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, ishtaha yo‘qolishiga ham sabab bo‘ladi. 
Og‘izni kuydirmasin
Qaynoq choy og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va tilning shillik qavatini zararlantirishi mumkin. Qolaversa, muntazam qaynoq choy ichilganida tomoq achishishi kuzatiladi. Eng ma’quli, iliq holatda ichilganidir.
Takroran ishlatilsa...
Ba’zilar ertalab damlangan choyni kechqurun qaynatib, ichishadi. Ammo qaynatilgan choyda kofein miqdori faollashishini unutmang. Kofein ta’siri ortganida esa bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, hazm faoliyati bilan bog‘liq bezovtaliklar kelib chiqadi. 
Uzoq qaynatmang
Choy damlayotganda uni gaz pechi ustiga qo‘yib qaynatib olishni istasangiz, 2-3 daqiqadan ortiq ushlamang. Aks holda, ichimlik rangi to‘qlashib, ta’mi tahirlashadi. Tarkibidagi antioksidantlar va aminokislotalar ham parchalanadi. 
Xaltachalilari: 1 martalik xolos
Maxsus xaltachalarga solingan choylar aslida bir martalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. Takror ishlatilganida esa foydali xususiyatini yo‘qotadi. Ta’mi ham o‘zgaradi. 
Ovqatdan oldin tavsiya etilmaydi
Taomiliga ko‘ra ovqatlanishdan oldin choy ichilmaydi. Aksi bo‘lganida esa oshqozonga tushgan suyuqlik ta’m bilish reseptorlariga ta’sir etishi, shuningdek organizmga oqsil singishini sekinlashtirishi mumkin. Eng ma’quli taomlanib bo‘lgach, 10-15 daqiqadan so‘ng choy ichishdir.
Dori vositalarini choy bilan ichish
Choy tarkibidagi moddalar dori tarkibidagi birikmalarni organizmga singishiga to‘sqinlik qiladi, preparat keraklicha ta’sir ko‘rsatmaydi. Dori vositalarini, yaxshisi, qaynatilgan yoki gazsiz suv bilan ichish lozim. 
Kechagisi...
Choynakdagi choy oshxonangizda tong orttirgan bo‘lsa, uni bankaga olib qo‘ymay, yaxshisi to‘kib yuboring. Chunki bu tariqa saqlangan choyning na foydasi bor, na mazasi.  Bakteriya va zamburug‘lar uchun qulay muhit bo‘lib xizmat qiladi, xolos.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3459 | Рейтинг: 0| Рейтинг: choy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное