Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Chayqovchilar O‘zbekiston-KXDR uchrashuvi chiptalarini 2 barobar qimmatga sotishmoqda

6 noyabr kunidan boshlab O‘zbekiston - KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarilgan, barcha sektorlar uchun chiptalarning narxlari 15 000 so‘m qilib belgilangandi.
Ammo muxlislardan tezroq harakat qila oladigan olibsotarlar chipta chiqqan kunning o‘zidayoq markaziy sektorlarning chiptalarini ko‘tariga sotib olishgani va chiptalarni iki barobar qimmatiga pullashayotgani ma’lum bo‘lmoqda.
Xususan, feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Maslahat.uz" guruhida qoldirilgan postda aytilishicha, muxlislar "Paxtakor" stadionidan chipta olmasdan qaytishmoqda.
"Ma’lumki, 12 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreya termasini qabul qiladi. Bu o‘yinda albatta g‘alaba qozonishimiz shart. Bunda muxlislar bilan liq to‘la stadionning ko‘magi ham yordam beradi. Demak, nima qilib bo‘lsa ham 12 noyabr kuni stadion tomoshabinlar bilan to‘lgan bo‘lishi kerak.
Bugun bilet olgani "Paxtakor" stadioniga borgandim. To‘g‘risi, bilet olmay qaytib keldim. "Paxtakor" metrosidan chiqishingiz bilan, stadion tomonda ikkita plastmassa stol ustida, ko‘chada bilet sotilayapti. markazdagi 12 va 13 sektorga bilet bormi desam, yo‘q deyishdi. Lekin sotuvchilarning yonida turgan yigit menda bor, dedi. Oldiga borib qiziquvdim, 25-30 ming dedi. Lekin xayron qolganim, biletda narxi 15 000 so‘m deb ko‘rsatilgan edi. Ularni nazorat qiladiganlar bormi? Bunaqada stadion to‘lmay qoladiku? Yoki stadion ham to‘ladi, birovlarning cho‘ntagi ham to‘ladi. Vatanparvarlik tuyg‘usi ostida daromadli biznes, olib-sotarlarning mo‘may daromadi...", deya kuyunchaklik bilan yozadi muxlis.
Ayni vaqtda SIP deb ataluvchi sektordagi o‘rinlar uchun chipta narxi esa 50 000 so‘mdan oshgani aytilmoqda. Rasmiy kassalarda asosan darvoza atrofidagi va chekka sektorlar uchun chiptalar o‘z narxida sotilmoqda.
Qayd etilishicha, chiptalar sotilmay qolsa, chayqovchilar bunday chiptalarni rasmiy kassalarga qaytarib berishadi va sotib olgan summalarini qaytib olishadi.
Shuningdek, Sport telekanalining "Futbol sharhi" ko‘rsatuvi uchun yashirin kamera orqali olingan lavhalarda chayqovchilik jarayonlari kechayotgan "ko‘chma kassalar"ni ko‘rish mumkin.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4146 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Chayqovchilar, 2 barobar, sotishmoqda, chiptalar, Uchrashuv, O‘zbekiston-KXDR, qimmat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное