Buyuk Britaniyada temiryo‘lchilar ish tashlash e’lon qildi
Buyuk Britaniyada temiryo‘lchilar ish tashlash e’lon qildi
27 iyul kuni tashkil etilgan aksiyada Network Rail temiryo‘l operatori va yana 14 kompaniyada ishlaydigan 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Buyuk Britaniyada temiryo‘l sohasi xodimlarining ommaviy ish tashlashi boshlandi.
27 iyul kuni tashkil etilgan aksiyada Network Rail temiryo‘l operatori va yana 14 kompaniyada ishlaydigan 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Ular oylik maoshlari oshirilishini talab qilmoqda. Kasaba uyushmalari bilan muzokara o‘tkazgan kompaniyalar maoshlarni yil oxirigacha 4 foizga oshirishni taklif qildi.
Agarda tomonlar kelishuvga erisha olmasa, 30 iyul, 18, 19 va 20 avgust kunlari yana ish tashlashlar o‘tkaziladi.