— Kelinimizning tug`ilgan kuni qachon? — bo`lajak qaynonamning savoli onamni biroz dovdiratib qo`ydi.
— 31 dekabr, hali ancha bor.
— Demak, o`g`lim bilan ham, men bilan ham, bo`lajak qaynopasi bilan ham chiqishadi. Faqat shu ovsini bilan til topisha olmasa kerak, — qaynonamning bu gapini eshitgan onamning ahvolini tasavvur qilavering.
Buni qarangki, qaynonamning «bashorat»lari amalga oshdi. Endi bilsam, o`shanda qaynonam burjimni bilish uchun tug`ilgan kunimni so`ragan va shunga ko`ra xulosa chiqargan ekan.
Burjlar mutanosibligi
Hamal qattiq, ammo shu bilan birga oson sevib qoladi. U Mezon, Qavs, Asad burj vakilalari bilan til topishishi oson. Saraton, Aqrab, Hut, Savr burji vakilalaridan uzoq bo`lganlari ma`qul.
Savrga Aqrab va Asad burji vakilalari to`g`ri kelmaydi. O`z burj vakilalari bilan ishda til topishishi oson, lekin sevgida esa aksi. Hut yoki sokin tabiatli Hamal bilan oila rishatalari baquvvat bo`ladi.
Javzo o`z burji vakilalari bilan baxtli ham, baxtsiz ham bo`lishlari mumkin, faqat ularni bog`lab turgan kuchli hissiyotni oddiy sevgi deb bo`lmaydi. Hamal bilan bir-birini bog`lab turuvchi qiziqish oila mustahkamligini ta`minlaydi. Dalv bilan bog`lovchi hissiyotlar kuchli, biroq oila uchun etarli emas. Jadiy uchun esa Javzo juda o`zgaruvchan, Hut va Mezon bilan baxt topishlari uchun shubhalardan qutulishlari zarur. Javzo uchun eng mukammal juft – Savr.
Saraton Dalv va Hut bilan munosabatlarda rahbarlikni olsa mustahkam oila yuzaga keladi. Savr bilan hayotiy qarashlari o`xshash. Sunbula va o`z burji vakilasi bilan esa murosa qilishi amri mahol. Mezon esa Saratonning hayotini gullatib yuborishga qodir.
Aqlli Sunbula Asad bilan ittifoqda rahbarlikni o`z qo`liga olsa har ikkisi ham go`zal umrguzaronlik qilishadi. Qavs Asadning xudbinligini yumshatadi, Hamal, Javzo, Mezon bilan qurilgan oila mustahkam bo`ladi. Aqrab va Savrga esa yaqinlashmaganlari ma`qul. Hut esa Asadni o`zining bekorchi orzulari va harakatsizligi bilan toliqtiradi.
Sunbula o`z burj vakillari bilan do`stlik va ish borasida omadli ittifoq tuza oladi, ammo oilaga oid hissiyotlarini romantik deb bo`lmaydi. Saraton Sunbulani zeriktiradi, Dalv bilan bir-birini bog`lovchi qiziqishlari ko`p. Asad, Qavs bilan munosabatlari mustahkam.
Mezon uchun oilaning ilk yili qiyin kechishi mumkin. Javzo o`zgaruvchan bo`lsa, Mezon ko`p ikkilanadi, munosabatlar uzoqqa cho`zilmasligi mumkin. Hamal, Asad, Dalv bilan yaxshi ittifoq tuza oladi. Saraton va Jadiy bilan esa til topishib, ko`ngliga yo`l topishi amri mahol.
Aqrab — kuchli shaxsiyat. Saraton, Hut, Mezon, Sunbula bilan oilalari mustahkam bo`lsa, Qavs va Asad burji vakilalari bilan bir-birini tushunishi qiyin kechadi. Aksar hollarda Aqrab burji vakillari boshqalarning gaplariga quloq tutishmaydi, chunki boshqalarning aql o`rgatishlarini yoqtirishmaydi.
Ikki Qavsning hayoti sarguzashtlarga to`la va qiziqarli kechadi. Shuningdek, Qavsga Hamal, Dalv burj vakilasi ham to`g`ri keladi. U Asadning qalbiga ham osonlikcha yo`l topa oladi. Hut va Sunbula bilan esa, aksincha, ittifoqlari yaxshi bo`lmasligi ehtimoli yuqori.
Jadiy deyarli hamma bilan til topishadi. Savr, Aqrab, Sunbula burji vakilalari bilan baxtli juftlik hosil qilishi ehtimoli yuqori. Javzo va Saraton bilan esa ittifoqlari baxtli bo`lmasligi mumkin.
Dalv do`stlik deya sevgini qurbon qilmasligi lozim. Muhabbat va oila uchun esa u Mezon, Asad, Hut, Qavs, Sunbula Javzo burji vakilalarini qidirishlari lozim. Savr va Aqrab burji vakilalari bilan esa bir-birlarini tushunishlari mushkul.
Hut Sunbula, Savr, Saraton, Jadiy burji vakilalari bilan qurgan ittifoqlari baxtli bo`lishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, Aqrab burji vakillari Hut burjini so`zsiz tushuna olish xususiyatiga ega. Mezon va Javzo burji bilan tabiatlari bir-biriga mos emas.
Muchallar mutanosibligi
• Sichqon Buqa bilan yaxshi chiqishadi, bir-birini qiyinchilikda qo`llab-quvvatlaydi. Sichqon bilan Ot har ikkisi ham xudbin, ular o`rtasidagi do`stlikdan ham, sevgidan ham biror yaxshi narsa chiqishi mushkul.
• Yo`lbars va Tung`iz bir tomondan erkin va sabrli. Yo`lbars Tung`izni muhofaza qiladi. To`ng`iz ham bunga o`z vafodorligi bilan javob beradi. Yo`lbars Maymun bilan bir-biriga yon bosishni bilishmaydi, bir-birining ustida kuladi, shu sababli munosabatlari darz ketishi ehtimoli baland.
• Vafodor It o`zini Quyonning yonida yaxshi his qiladi. Munosabatlarda har ikki tomon ham mehnat sarf qiladi va ularning munosabatlari samimiyat ustiga quriladi.
• Xo`rozning hadeb Quyonni tergayverishi oqibatida Quyonboy tezda uning yonidan juftakni rostlaydi. Bundan Xo`roz qattiq qayg`urmaydi, Quyonga nisbatan muhabbati tezda so`nadi.
• Baliqning kuch va quvvati Ho`rozni hayratda qoldiradi, har ikkisi ham xudbinliklarini unutsalar, mukammal ittifoq tuza oladilar. Baliq It bilan kelisholmaydi, ular hatto oddiy suhbatda ham bir-birini asab tolalarini tortqilamasdan turolmaydi.
• Ilon va Maymun har ikkisi ham aqlli, ular uchun raqobatlashish ham ayricha zavq baxsh etadi. Ilon bilan Tung`iz hissiyotchan bo`lishiga qaramay bir-biri bilan til topishi anchayin mushkul.
Ot va Quy bir-birini har tomonlama to`ldirish xususiyatiga ega. Ular bir-birini so`zsiz tushuna oladi va hatto bir xil narsadan zavqlanib, bir xil narsani yoqtirishmaydi.