Bugun mashxur komik kinoaktyor, ssenarist, bastakor va rejissyor Charli Spenser Chaplin tavallud topgan kun. Agar hayot bo‘lganida, u dunyoning eng uzoq umr ko‘ruvchi kishilari sarasidan joy olib, 126 yoshga kirgan bo‘lardi. Biroq afsuski, u 1977 yili 88 yoshida vafot etgan.
Chaplin 1889 yilning 16 aprelda Londonning Ist-leyn ko‘chasidagi xonadonlarning birida, asli kelib chiqishi inglizlardan bo‘lgan san’atkorlar oilasida dunyoga kelgan. U kichiklik vaqtida oila Uest-skverga ko‘chib o‘tishadi. Otasi Charlz Spenser Chaplin va onasi Xanna Chaplinlar estrada aktyorlari bo‘lishgan.
Aytish lozimki, Charlidan avval Xanna boshqa millat vakilidan yana bir o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. unga Sidni Xill deb ism bergan. Charlz Spenser Chaplinga turmushga chiqqach esa, bu bolakayga ham Chaplin familiyasi berilgan. Charlining otasi o‘z ovozi bilan 1880 yillarda omma orasida mashxur bo‘lgan. bir necha bor u butun Yevropa bo‘ylab gastrol safarlarini amalga oshirgan. Biroq mashxurlik ortida u tinimsiz ravishda spirtli ichimliklarni icha boshladi va 1901 yilning 9 may sanasida, navqiron 37 yoshida olamdan o‘tadi. Otasining o‘limiga qadar Charlining onasi u bilan ajrashadi va ikki o‘g‘il yolg‘iz onaning qaramog‘ida katta bo‘la boshlaydi.
Otasining o‘limidan so‘ng onasining ahvoli og‘irlashadi. Oradan bir muddat o‘tib esa, kekirdak bilan bog‘liq kasallikka chalinishi oqibati onasining ovozi yo‘qola boradi va oilada moddiy qiyinchiliklar boshlanadi. Oqibatda Sid va Charli onasi bilan birga nochorlar uyi va maktabiga beriladi. Oilaviy qiyinchiliklar tufayli Charles Chaplin juda yosh paytidanoq ishlay boshlaydi. Dastlab ko‘chada gazeta sotadi, turli o‘yinchoqlar yasaydi, bosmaxonada va ma’lum muddat idishlar ishlab chiqaradigan korxonada yugurdak bo‘lib yuradi. Ammo shunga qaramay uning butun hayoli teatrda edi. Shu tariqa kichik-kichik rollarni o‘ynay boshlagan Chaplin asta-sekin tanila boshlaydi. Aslida otasi tiriklik vaqtida Charli Chaplin sahnaga ilk bor 1894 yili, 5 yoshida chiqqan. Biroq keyinchalik u o‘zini bilim olishga bag‘ishlagan.
Charli noiloj holda 12 yoshida maktabni tashlab pul topish uchun ishlashga majbur bo‘ladi. Onasining sahnadan ketishi, Charlining sahnaga chiqishiga turtki bo‘ladi va u kichik yoshdagi komik aktyor sifatida oilani boqishga yetadigan pul topa boshlaydi. Afsuski, uning onasi Xanna sahnaga qayta olmaydi.
1896 yili Xanna Chaplinning onasi Ruhiy kasallikka chalinadi va ruhiy kasalliklar kasalliklar shifoxonasiga joylashtiriladi. 1900-1903 yillar davomida Charli kichik-kichik rollarni o‘ynab yurgan. Dastlabki ijodini esa pantomimachi aktyor sifatida boshlaydi.