Belgiyalik mutaxassislar 22-mart kuni mamlakatda sodir bo‘lgan teraktlarda qurbon bo‘lgan 35 kishidan 32 nafarining shaxsini aniqladi. Bu haqda Le Soir gazetasi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, 96 nafar jabrlangan shifoxonalarda qolmoqda. Ulardan 55 nafari intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Qurbon bo‘lganlarning ba’zi oilalari ko‘mish marosimini tashkil etishga kirishishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Qolgan qurbonlarning qarindoshlari surishtiruv va ma’muriy jarayonlarning yakunlanishini kutishiga to‘g‘ri keladi.