Britni Spirs ruhiy kasalliklar shifoxonasidan davolanib chiqdi
Britni Spirsning ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqqanidan keyingi holati muxlislarni cho‘chitib yubordi, deb xabar qildi RIA Novosti nashri.
Avvalroq Britni otasining kasalligi tufayli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qolgani xabar qilingan edi. Spirs kasalxonadan chiqqanda uning sochlari to‘zg‘ib, nigohlari telbavor edi. Uning bu ahvolini ko‘rganlar shok holatiga tushgan.
Ko‘pchilik esa xonandani qo‘llab-quvvatlashini aytgan.