Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Britaniyada inflyasiya 1982 yildagi rekordni yangiladi


Buyuk Britaniyada joriy yilning iyul oyida rasmiy inflyasiya darajasi o‘tgan asrning rekordini yangiladi va yillik hisobda 10,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Iyun oyiga nisbatan isteʼmol narxlari 0,7 foizga oshgan. Hozirgi natija 1982 yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Joriy yil davomida so‘nggi o‘n yilliklarda qayd etilgan bir qancha rekordlar allaqachon yangilangan.

Iqtisodchilar esa iyul oyida inflyasiya 9,8 foizgacha yetishini taxmin qilishgandi. Biroq inflyasiya taxmin qilinganidanda baland bo‘ldi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, narxlarning o‘sishi mamlakatda davom etayotgan tirikchilik tannarxi inqirozi sharoitida, uy xo‘jaliklarining real daromadlarini yanada pasayishiga olib kelishi mumkin.

Oziq-ovqat inflyasiyasi yanada yuqori bo‘ldi va yillik ko‘rsatkichda 12,3 foizni tashkil etdi, bu 1981 yil martidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Avgust oyi boshida Angliya banki o‘zining asosiy stavkasini 0,5 foiz punktdan, 1,75 foizga ko‘tardi, bu 1995 yildan beri kuzatilgan birinchi holat.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 737 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 1982, yangiladi, Britaniyada, inflyasiya, Rekordni, yildagi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное