Har birimiz bosh og‘rig‘i nima ekanligini yaxshi bilamiz. U ertalab o‘zingizni o‘nglab olishga xalaqit beradi, kunduzi diqqatingizni jamlashni qiyinlashtiradi, kechqurun esa uxlay olmaysiz, chunki shaqiqa (migren)dan aziyat chekasiz. Don'tPanic shu haqida maqola taqdim etdi.
Qishda bosh og‘rig‘i nisbatan ko‘proq kuzatiladi: doimiy charchoq his qilasiz, stress yig‘iladi, shuningdek noto‘g‘ri ratsion ham ta'sir ko‘rsatadi. Dorixonalarda ortiqcha pul sarflamang. Dorilar muammolarni hal qilmaydi, shunchaki sindromlarni to‘xtatadi. Parhezshunoslarning ma'lum qilishicha, vitaminlarning doimiy yetishmovchiligi bosh og‘rig‘ining asosiy sababidir - quyidagi mahsulotlarni kundalik ratsionga kiriting va shaqiqa haqida unuting.
B12 vitamini va foliy kislotasi
Avitaminoz stress va parishonxotirlikka olib keladi. Ratsionda ayniqsa V12 vitamini va foliy kislotasi bo‘lishi muhim: busiz doimiy shaqiqa kafolatlangan. Ismaloq, qovoq va lavlagi foliy kislota bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi, tovuq tuxumi esa V12 vitamini bilan ta'minlaydi.
B6 vitamini
Qishki ratsionimizda og‘ir va hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan yeguliklar ko‘p. Ichaklarga og‘irlik tushishi ham bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Kundalik parhezga sarhil sabzavotlar, loviya va don mahsulotlarini ham kiriting - shunda siz oshqozoningizni V6 vitamini bilan qo‘llab-quvvatlaysiz.
D vitamini
Yaqinda shifokorlar D vitaminining yetishmovchiligi organizmga qanday ta'sir ko‘rsatishiga oid xulosaga kelishdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu vitaminning yetishmovchiligi ishchanlik faoliyatining pasayishi va ertalabki bosh og‘riqlariga olib kelar ekan. Dengiz mahsulotlari, tuxumlar, dukkaklilar va toza havoda sayr qilish bu muammoni bartaraf qiladi.
Temir va mis
Ratsionga loviya, yong‘oqlar, dengiz karami, kunjut va jigar qo‘shish kerak - shunda siz organizmdagi temir va mis yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldirasiz. Bu elementlarning yetishmasligi qon bosimining tushishi va shaqiqaga olib keladi.
Xulosa
Bosh og‘riqlaridan charchadingizmi? Ochiq havoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va keraklicha dam olish bosh og‘rig‘ini eng qimmat dorilardan-da tezroq va samaraliroq davolaydi.