29 aprel kuni Bollivudning ikki mashhur yulduzi 37 yoshli Bipasha Basu va 34 yoshli aktyor Karan Singx Groverning to‘yi oldidan Bipashaning qo‘liga xina qo‘yish – Mendi marosimi o‘tkazildi. Ushbu marosimga Bipasha va Karanning do‘stlari, oila a’zolari va Bollivudning qator mashhur insonlari tashrif buyurishdi.
Bipashaning qo‘liga xina qo‘yilayotgan chog‘da marosimga kelgan mehmonlar uchun maxsus guruhlar tomonidan raqs ijro etib turildi.
Bipasha ushbu marosimga pushti rangdagi libosni tanlagan va unga qo‘shimcha tarzda libosga mos aksesuarlardan foydalangan.
Mumbaydagi villalarning birida o‘tkazilgan Mendi marosimiga ulanadigan nikoh oqshomi haqida ertaga, 30 aprel kuni alohida reportaj taqdim etamiz.