Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bog‘cha pulini to‘lashda kimlarga imtiyozlar beriladi?


Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta’minlangan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.

To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomaga va tegishli maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.

To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati har o‘quv yilining 25 sentabr kuniga qadar tegishli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Ro‘yxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.

To‘lovdan ozod qilingan bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashi (bo‘lishi) to‘xtatilishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlar zaxiradan to‘ldirib boriladi.

To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati u tasdiqlangandan keyin o‘quv yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Bundan tashqari, bolalarning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi quyidagi nuqsonlarida maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi:

- nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);

- eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);

- ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);

- tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tug‘ruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari);

- psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);

- murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);

- sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3488 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bog‘cha puli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное