— Ko‘rgan tushlarim ko‘pincha o‘ngidan keladi. Bir tushni yana bir necha marta ko‘raman. Buning sababi nima?
— Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Tush uch xil bo‘lib, birinchisi, Alloh taolodan mo‘minlarga bashorat. U rahmoniy deyiladi. Ikkinchisi, shayton vasvasasi bo‘lib, shaytoniy deyiladi. Uchinchisi esa, ma’nosiz xayollardan iboratdir».
O‘ngidan keladigan tushlar haqida Binoyi deydi: «Alloh taolo Lavhul Mahfuzda bir farishtani muakkil qilib qo‘ygan. U banda haqidagi har yaxshi va yomon ishni tush orqali ma’lum qiladi. Agar tushida yaxshi ish bo‘lsa, shukr qiladi. U farishtaning nomini Malakurro‘yo derlar».
Demak, tush bois biror yaxshi ish haqida xabar topilsa, shukr qilish zarur ekan.
«So‘ragan edingiz…» kitobidan olindi