Barchasi eng yaqin do‘stimning to‘yidan bir hafta muqaddam boshlandi. O‘shanda mendagi charchash va asabiylashish yuqori cho‘qqiga chiqqandi. Men umuman uxlay olmayotgandim. Bularga sabab to‘yda tabrik uchun chiroyli nutq tayyorlash tashvishidan edi. Uyatchanligim va ko‘pchilik ichida bunday ishni qilish men uchun dahshat edi, shu bois oromim yo‘q edi.
Ana shundan tunni tongga ulab o‘tkazgan kunlarimdan so‘ng tashvishim haqida bir tanishimdan maslahat so‘radim. U menga yordam beradigan bir metodika haqda so‘zlab berdi. Men uning gaplariga ishondim. Chunki u ko‘pni ko‘rgan, ziyoli, ahloq-odobda ham birovdan kam joyi yo‘q inson edi. Rostini aytadigan bo‘lsam, uning so‘zlariga kirib kam bo‘lmadim!
Bu metodikani “4-7-8” shaklida eslab qolsa ham bo‘ladi. Qilinishi kerak bo‘lgan ishlar:
4 soniya davomida burundan nafas oling.
7 soniya vaqt ichida nafasingizni ushlab turing.
Shundan so‘ng 8 soniya vaqt mobaynida og‘zingizdan nafas oling.
Xammasi juda oddiy. Bu nafas mashqi yurak urushini me’yorga keltiradi va sizni tinchlantiradi. Bu usul g‘ayritabiiy ko‘ringani bilan sizga tez yordam beradi, faqat uni bir necha marotaba takrorlash kerak xolos.
Bu qanday yordam beradi?
Men bu usulni amaliyotda qo‘llab ko‘rishga shoshilardim. Ertasi kuni o‘rnimdan turishdan oldin ush mashqni bajardim va 8 soniyaga yetmay turib, o‘zimni yaxshi his eta boshladim. Bu uslubning ta’siri haqida nima bilib oldim?
O‘zingizda tushkunlik va diqqatpazlikni his etsangiz, qoningizdagi adrenalin miqdori oshib ketadi, to‘g‘ri nafas olib-chiqarish esa, tezda va samarali ta’sir ko‘rsatadi. Tanishim o‘rgatgan bu usul xuddi yuqori sifatli dori vositasidek menga judayam yaxshi ta’sir ko‘rsatdi. Nafasni ushlab turish va uni sekinlik bilan chiqarish, yurak urishi ritmini me’yorlashtiradi. Bu — fiziologiya.
Bundan tashqari bu taktika aqlingizni sokinlashtiradi. Chunki nafas olib chiqarishingiz uchun (ushbu uslubda) ularni sonini sanash uchun fikringizni bir joyga jamlashingiz lozim bo‘ladi. Aynan o‘sha paytda buning samarasini his etmaysiz, lekin markaziy asab tizimingiz bundan rohatlanadi va sizdagi diqqatpazlik holati chekinadi. Ishonmasangiz istalgan va o‘zingiz ishongan nevrologdan ushbu usul haqida so‘rang. U buni tasdiqlaydi.
Bu usullar natijasida butun tanangiz anglab bo‘lmas rohat bilan qoplanadi. Bu rohatning nomi — xotirjamlik. Ta’sir qilish tezligi, xuddi sizni behush odamga o‘xshatib qo‘yadi.
Bu metod bilan Garvard universitetining tibbiyot fanlari doktori Endryu Veyl shug‘ullangan. Uning aytishicha, “4-7-8” usuli hindlarning yoga usuli sifatida qadimdan ma’lum. Ular bu usuldan to‘liq yengillikka erishishda foydalanishgan. Shu bois bu usul mutlaqo xavfsizdir. Bu siz uchun aniq qanday foyda beradi?
Agar sizda meni bir paytlar qiynayotgan muammolar bo‘lsa, shuni ikkilanmay aytishim mumkinki, bu usul, avvalo, darrov va tinch uxlashingizni ta’minlaydi. Va buni turli vaziyatlarda ham qo‘llasa bo‘ladi. Masalan, tunda uxlashdan oldin turli o‘y-xayollar qa’rida qolib ketasiz va ko‘zingizga uyqu kelmaydi. Yoki hayotingizdagi qandaydir raqobatmi, qiyin tanlov qarshisidami qolganingizda “4-7-8” metodikasi sizga yordam beradi.
Bu kabi maslahatlar haqida ko‘p eshitgandirsiz yoki o‘qigandirsiz. Ammo to‘g‘risini o‘zingiz uchun tasdiqlangchi, ulardan qay birini astoydil qo‘llab ko‘rgansiz? Javobini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Shu bois xamma gap o‘zingizda. Harakatda bo‘ling.