«Bilayn» abonent to‘lovini oshirish fikridan qaytdi
«Bilayn» kompaniyasi 2018 yil 1 fevraldan boshlab, kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha avval e’lon qilingan o‘zgarishlar bekor qilinganini ma’lum qildi.
E’londa qayd etilishicha, «Bilayn» tarif rejalari o‘z holatida qoladi. Shuningdek, kompaniya yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishga intilishi, ammo hozirda bonuslardan to‘liq foydalanish qiyin bo‘layotganini bildirgan, shu munosabat bilan, narxlar qaytadan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Shunday qilib, O‘zbekistonning barcha hududlarida davom etadigan tarmoqni kengaytirish ishlarining navbatdagi bosqichi tugagunga qadar, abonent to‘lovi o‘zgarishsiz qoldirilgan.