Chet el ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, qo‘shiqchi Beyonse hamda Jey-Zi oilasi ajralishmoqda.
Shu yilning 13 sentyabr kuni Parijda har ikki qo‘shiqchi ishtirokidagi so‘nggi konsert bo‘lib o‘tadi. Us Weekly jurnali bergan xabarlarga ko‘ra, Beyonse 6 yillik turmushdan so‘ng Jey-Zi bilan ajralishga qaror qilgan. Ayni damda uning advokatlari Nyu-Yorkda ajralish borasidagi xujjatlarni tayyorlashmoqda. Aytish lozimki, ular biznes hamkor shu bilan birga Blu Ayvi ismli qizlari bor. Taxminlarga ko‘ra Beyonse nima uchun ajralishga qaror qilgani haqida shu yilning 24 avgustida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan MTV VMA 2014 marosimida ommaga oshkor qilishi ham mumkin.