Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Bayram uchun mahsulot tanlash qoidalari



 

Bayram dasturxonini tansiq va mavsumga xos taomlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Xo`sh, bayram dasturxoni uchun qay bir mahsulotni qanday tanlash kerak?

Qizil ikrami yoki qora?

  • Ikra idishida «losos ikrasi» deb emas, aynan qaysi baliqning (gorbusha, keta, forel) ikrasi ekanligi yozilgan bo`lishi kerak.
  • Tarkibiga ham e`tiboringizni qarating. Unga bittadan ortiq konservant qo`shilmagan bo`lishi kerak. Ayniqsa tarkibida urotropin (E239) yo`qligiga ahamiyat bering.
  • Ikra tarkibiga hech qanday konservant qo`shilmagan bo`lsa, qadog`iga «Ikra pasterizasiya qilingan» (Ikra pasteerizovannaya) deb yozilgan bo`lishi kerak.
  • Ikra tarkibida tuxum, sut yoki jelatin bo`lsa, demak, bu «yasama» tansiq mahsulot. U bir xil dumaloqlikdagi qizil sharchalar ko`rinishida bo`ladi hamda eganda qiyin yoriladi. Mazasida esa o`tkir seld ta`mini sezish mumkin.
  • Ikrada yog`li tomchilar bo`lsa, bu yog` ko`p solinganini bildiradi. Aksincha suvi ko`p bo`lsa, ikra miqdori kamligini ko`rsatadi.
  • Dona-dona ikralarning hajmi bir xilda, bir-biriga engil yopishgan, butun bo`lishi kerak.
  • Ikraning birinchi va ikkinchi navi mavjud. Birinchi navli ikra kattaligi va rangi bir xil, saralab olingan. Tarkibidagi tuz miqdori esa 3-6 foizdan ko`p emas. Ikkinchi navli ikra tarkibidagi tuz miqdori 8 foizgacha etadi. U sifat borasida anchayin orqada turadi.

Qisqichbaqa tayoqchalari

  • Mahsulotning 25-45 foizi oq baliq go`shti qiymasidan, qolgani esa kraxmal, tuxum oqi, o`simlik yog`i va stabilizatorlardan tarkib topgan. Turli ta`m beruvchilar qo`shilgani evaziga qisqichbaqa mazasini bersa, rang beruvchi qo`shimchalar yordamida qizil rangga bo`yalgan.
  • Ba`zida uning tarkibida umuman baliq go`shti bo`lmasligi ham mumkin. Shu sababdan, mahsulot tarkibiga ahamiyat bering. Qadog`ida «surimi» deb yozilgan bo`lishi lozim. Agar bunday so`zni topa olmasangiz, bu mahsulotning to`liq sun`iyligidan darak beradi.
  • «Qisqichbaqa go`shti» (Krabovoe myaso) degan mahsulot ham bor. U ayni qisqichbaqa tayoqchalarining o`zi, faqat boshqacha shaklda kesilgan.  

Go`sht va dudlangan mahsulotlar

  • Kolbasa mahsulotlari ichida xom-dudlangan (srokopchyony) turlarini tanlang. Chunki boshqa tur kolbasalarning (masalan, pishirilgan) tarkibidagi go`shtni kraxmal yoki boshqa komponentlar bilan to`ldirish oson.
  • Dudlangan kolbasa kesilganda bir tekisda kesiladi, ichidagi yog`-shpiklar kolbasa ichida bir tekisda taqsimlangan bo`lishi kerak.

Yashil no`xat

  • Birinchi o`rinda ishlab chiqarilgan sanasiga qarang. Mahsulot bahor yoki yozda ko`k no`xat mavsumida yopilgan bo`lishi kerak. Kuz yoki qishda yopilgan no`xat esa quruq bo`lib, uni avval suvda ivitilib, so`ngra konservasiya qilinadi.
  • Yashil no`xat tarkibida: no`xat, suv, tuz va shakar bo`lishi kerak. Bu mahsulotni saqlash uchun boshqa konvervantlarning keragi yo`q.
  • No`xatning «Ekstra» navlisini tanlang. Bu nav saralangan va barra no`xatlardan yopiladi. Oliy va birinchi navlilari esa sifat borasida biroz ortda qoladi.

Baliq mahsulotlari

  • Tuzlangan seldning bochkada keltirilganini xarid qiling, chunki u tabiiy. Turli temir yoki plastik idishlardagi baliqlar tarkibiga konservantlar qo`shilgan.
  • Sifatli, kam tuzlangan syomga balig`i engil pushti rangda bo`ladi. Rangining juda yorqinligi baliqqa bo`yoqli emish berilgani, to`q rang — qarilik, juda och rangi esa muzlatilgan baliqdan tayyorganidan darak beradi.

Mayonez

  • Mayonez tanlaganda yog`lilik darajasi 70-80 foizdan kam bo`lmaganini xarid qiling. «Engil» mayonez tarkibiga yog` o`rniga suv qo`shiladi, kimyoviy usulda quyultiriladi.
  • Mayonez idishida zaytun rasmi bo`lib, tarkibida pista yog`i ko`rsatilgan bo`lsa, bu unga zaytun yog`i oz miqdorda qo`shilganidan darak beradi. 


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 3127 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bayram dasturxoni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное