11-noyabr kuni Shuhrat Mavlonov rejissyoriglidagi «Baxt ortidagi dard» nomli melodramma yo’nalishidagi yangi bir badiiy filmning premyerasi «Kinochilar uyi» va Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo’lib o’tadi. Ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov va Madina Muqimova. Yangi film sizlarni bafarq qoldirmasligi aniq. Sababi unda sevgi, qadr-qimmat, sadoqat kabi insoniy fazilatlar yoritilgani bilan bir qatorda, bosh rollarni hayotda ham bir-biriga mos juftlik bo’lgan ikki el sevgan ijodkor Sharof Muqimov va Sevinch Mo’minovalar ijro etishgan. Filmda yana Ubaydulla Omon, Lutfilla Sa’dullayev, Gulchehra Sa’dullayeva, Muyassar Berdiqulova, Zuhra Soliyeva, Sanjar Shodiyev kabi sevimli aktyor va aktrisalaringizning ijrosini ko’rishingiz mumkin. Marhamat yanabir chuqur ma’no va mohiyat kasb etgan yangi filmni 11-noyabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.