Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bangladeshda daraxt-odam yashaydi(Foto)



Bangladeshda yashovchi Abul Bajandar kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekadi. Tug`ma nuqsonlar tufayli uning organizmi inson papillomasi virusiga o`ta darajada sezuvchan bo`lib qolgan. Bu esa bemorning qo`l va oyoqlarida daraxt shoxlarini eslatuvchi o`simtalar o`sib chiqishiga olib kelmoqda. Bunday kasallar tibbiyotda daraxt-odamlar deb ataladi. 

Abulda kasallikning ilk belgilari 10 yosh paytida paydo bo`lgan. Sekin-asta uning ahvoli og`irlasha boshlagan. Riksha haydagan Abul ishini tashlashga majbur bo`ldi. bora-bora u qo`lida oddiy buyumlarni, hatto qoshiqni ham ushlab turolmaydigan bo`lib qoldi. 


 
 
Abulni ko`zdan kechirgan shifokorlar uni davolash uchun bir nechta jarrohlik amaliyotini o`tkazish zarurligini ma`lum qilishdi. Ilk operasiyani u 2016 yilning mart oyida boshdan kechirdi. Abul shifoxonada bir yilcha qolib ketdi. undagi o`simtalarni olib tashlash uchun hammasi bo`lib 16 ta operasiya o`tkazildi.
 
Shifokorlarning aytishicha, Abuldan olib tashlangan o`simtalarning umumiy og`irligi 5 kilogramni tashkil etadi. Ular o`simtalar yana o`sib chiqmasligiga umid qilmoqda. Daraxt-odamlar haqidagi ma`lumotlar tibbiy kitoblarda ilk marotaba 1920 yilda qayd etilgan. Bu kasallikka chalingan  mashhur inson sifatida Indoneziya fuqarosi Dede Kosvara tilga olinadi. U qo`li va oyoqlaridagi o`simtalarni oldirish uchun bir necha marotaba jarrohlik stoliga yotqizilgan. Dede 2016 yilning yanvarida organizm etishmovchiligidan vafot etgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6855 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tugma nuqson, Abul Bajandar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное