Bahriddin Chustiy Nursulton Nazarboev uchun o`zbek taomlarini tayyorladi
Bahriddin Chustiy Facebook’dagi sahifasida Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev uchun taom tayyorlaganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda “Daryo”.
«Kechagi kun esda koladigan kunlardan biriga aylandi. Boisi, ushbu kun Qozog`iston prezidenti hurmatli Nursulton Abishevich Nazarboev uchun ham o`zbek milliy taomlarini tayyorlash nasib etdi. Janob prezidentga asosiy taomga #chustiycuisine restorani menyusidagi set va dumg`aza kabob, shirinlikka holvaytar va chak-chak tayyorlab berdik», — deyiladi sahifada qoldirilgan izohda.
Bahriddin Chustiy «ushbu tadbirni tashkil etgan va unga taklif etib, mehmondo`stlik ko`rsatgan barcha tashkilotchilarga» minnatdorchilik bildirdi.