Mana, nihoyat bahor ham keldi, ammo kayfiyatingiz tushkun va uyqu bilan bog‘liq muammolaringiz bormi? Bahorgi depressiyani bekorga vitaminlar va boshqa foydali moddalar yetishmovchiligi bilan bog‘lashmaydi. Ammo shunday mahsulotlar borki, bunday vaqtda ularga alohida e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Pishloqvabaxt
“Baxt garmoni” yoki serotonin to‘g‘ridan-to‘g‘ri kayfiyatga ta’sir qiladi (bu modda asab tizimi ishida ishtirok kiladi). Bu esa, o‘z navbatida, inson organizmida triptofan aminokislotasida hosil bo‘ladi. “Inson tanasida triptofan ishlab chikilmaydi, bu modda tashqaridan kelib tushishi kerak” — deydi rasional ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Viktoriya Buchelnikova.
Sut mahsulotlari keng tarqalgan mahsulotlardir, ular triptofan va kalsiyga boy manba hisoblanadi. Serotonin ta’sir qilishi uchun zarur bo‘lgan kalsiyga boy tvorog iste’mol qilish mumkin, lekin bu jihatdan qattiq pishloqlar alohida ahamiyatga ega.
Triptofan uyqu ritmi uchun rol uynaydigan gormon-melotanin hosil bo‘lishida muhim rol uynaydi. Aynan shuning uchun uyqusizlik va tushkun kayfiyat bir-biri bilan bog‘likdir, — deydi o‘z fikrini bildirar ekan Buchelnikova. Dengizmahsulotlari
Amaliy jihatdan olib qaralganda triptofan miqdori eng ko‘p mahsulot bu kizil ikra, lekin bu topilishi qiyin bo‘lgan mahsulotdir. Shuning uchun o‘z rasioningizga yog‘li baliqlar va kalmarlarni qo‘shsangiz bo‘ladi. “Bu mahsulotlarda to‘yingan yog‘li kislotalar bo‘ladi, kaliy esa serotonin to‘g‘ri ajralishini va insonga ta’sir qilish jarayonida qatnashadigan moddadir”, — deya qo‘shimcha qiladi mutaxassis. Yong‘oqvashokolad
Yong‘oq, ayniqsa, araxis kayfiyatni yaxshi saqlab turishga yordam beruvchi moddalar manbaidir. Kakao ham shunday xususiyatga ega. Kakao qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Shuning uchun qora shokolad turlarini tanlash lozim. Shokolad, shuningdek, psixologik, tinchlantiruvchi xususiyatga ham ega. Kakaoda yana magniy ham bor, u stressni kamaytirishga yordam beradi. Natalya Fadeyeva fikriga ko‘ra, asal, murabbo, achchiq shokolad, quruq mevalarni aqliy yoki jismoniy mehnatdan zo‘riqqanda rasional ovqatlanishga qo‘shish kerak. Lekin shuni hisobga olish kerakki, ularning bir sutkalik miqdori ovqatlanish kaloriyasining 10 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bu esa taxminan 50-60 grammga teng. Tovukgo‘shti
Hayvon oksillarida triptofan miqdori o‘simlik oqsillariga qaraganda ko‘p bo‘ladi, deydi V. Buchelnikova. Bundan tashqari, tovuq go‘shtida V guruhi vitaminlari borligi sababli u asab tizimini mustahkamlaydi.
Bu go‘sht tarkibida yana A, S, Ye vitaminlari ham bo‘ladi. Bu vitaminlar tuxumda ham bo‘ladi. Shuning uchun ertalabki nonushtaga tuxum iste’mol qilish ayni muddao, u kayfiyatni ko‘taribgina kolmasdan, biroz vaqtgacha ochlik hissini yengishni ham yordam beradi. Mevalar
Apelsin, limon, greypfrut, mandarin kabi mevalar Natalya Fadeyevaning fikricha, tarkibida efir moylari bo‘lgani sababli organizmning umumiy holatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Triptofan manbai sifatida meva va sabzavotlar yuqorida aytib o‘tilgan mahsulotlardan biroz orqada, lekin ularda vitaminlar ko‘p, ularning yetishmovchiligi esa organizmga bahorda keskin seziladi. Bundan tashqari, mevalarni iste’mol qilish kayfiyatni oshiradi. Boshoqlidonmahsulotlari
Asab tizimiga V guruhiga kiruvchi vitaminlar zarur. Ularni esa don mahsulotlaridan topish topish mumkin. Ular, shuningdek, sekin o‘zlashtiriladigan uglevodlar manbaidir. Bu esa bosh miya faoliyati uchun juda muhim. Grechka, tariq, bug‘doy kepagi asab tizimining yaxshi ishlashi uchun magniy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Vitaminlarvabiologikfaolqo‘shimchalarmiyokito‘g‘ri ovqatlanishmi?
Vitaminlarni ba’zan to‘g‘ri ovqatlanishda qo‘shimcha vosita sifatida, shuningdek, jismoniy va aqliy zo‘riqishlarda yoki organizm uzoq vaqt davom etgan kasallik tufayli holsizlanganda juda asqotadi. Lekin rasional ovqatlanishni vitaminlar majmuasi bilan almashtirish kutilgan natijani bermaydi, deya xulosa qiladi Natalya Fadeyeva.
Kayfiyatimiz uchun javob beradigan triptofanga kelganda shuni aytish kerakki, u hozirda dorixonalarda biologik faol qo‘shimcha sifatida sotilmoqda. Lekin uni nazoratsiz qabul qilish boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin, deydi V.Buchelnikova. Bundan tashqari, uning sutkalik kerakli miqdorini issiq shokolad yoki 150 gramm araxisdan olish mumkin.