Millionerlarning 10 foydali odati
Har bir millioner muvaffaqiyatga ma’lum bir odatlar tufayli erishgan. Bu odatlar ularning hayotda o‘z o‘rnini topishida, ko‘proq daromadga ega bo‘lib, natijada badavlat insonga aylanishida asqatgan, desak yanglishmaymiz. Xo‘sh, bular qanday odatlar? Quyida ularning 10 tasi bilan tanishtiramiz.
Mutolaa
Sir emaski, millionerlar doim band insonlardir va ularning bo‘sh vaqti deyarli bo‘lmaydi. Shu bois kitob mutolaasi ularga huzurlanish uchun emas, balki yangi bilimlar olish uchun juda muhimdir. Badavlat odamlar ko‘pincha o‘zlarining yo‘nalishlariga taalluqli ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni o‘qishadi. Masalan, aqliy kamolot, muvaffaqiyatlarga erishgan odamlarning biografiyasi va faoliyatiga oid kitoblar.
Shaxsiy uslub
Aksariyat boy kishilar uzoq yillar davomida o‘z uslublarini saqlab yuradilar, bir xil kiyimlarini yillab kiyib yurishadi. Ular buni hayotda ortiqcha narsalarga chalg‘imaslikni, kerak bo‘lsa, ulardan xalos bo‘lishni istashi bilan izohlashadi.
Tejamkorlik
Boy odamlar pulni tejashni biladilar. Ular har vaqt bank kartalaridagi mablag‘larini hisoblab yurishadi. Xarajatlarini qayd qilib, daromadlarini esa hisob-kitob qilib boradi. Millionerlar mislsiz pullarga ega bo‘lsa-da, pullarining tiyinigacha iqtisod qilishadi.
Jamoat transporti
Badavlat odamlar o‘z davlatlarini ko‘rsatmaydi. Ularning aksariyati jamoat transportidan foydalanishdan o‘zlarini olib qochmaydi, piyoda sayr qilishni yoki velosiped minishni yaxshi ko‘radi.
Erta uyg‘onish
Hamma boy odamlar erta uyg‘onishni odat qilgan. Ertalab ish kuni boshlanishidan 3 soat avval uyg‘onishni afzal biladi. Bu ularga kundalik vazifasi bilan shug‘ullanishga kirishishdan avval reja tuzishiga, oilasi bilan birga bo‘lishga imkon beradi.
Sport bilan shug‘ullanish
Boy kishilarning foydali odatlaridan biri bu – sportdir. Ular har kuni bo‘sh vaqtining yarim soatini mashg‘ulotlarga ajratadi. Ko‘pincha bu mashg‘ulotlar yugurish, piyoda yurish, velosipedda sayr bo‘ladi. Bu kabi mashg‘ulotlar ham tanaga, ham aqlga foydalidir. Ular tanadagi neyronlarga pozitivlik berib, glyukoza ishlab chiqarishga yordam beradi, bu esa ong ishlashi uchun zo‘r “yoqilg‘i”dir.
Meditatsiya
Meditatsiya - kun bo‘yi to‘planib qolgan zo‘riqishlarni yengish uchun samarali usuldir. U kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi, yangi ijodiy g‘oyalar tug‘ilishiga turtki beradi, ruhiy xotirjamlik ato etadi. Meditatsiya shifobaxsh amaliyot hamdir, charchoqlarni yengadi, ichki xotirjamlikni mustahkamlaydi.
Tana “til”i bilan gapirish
Millionerlar odamlarni qanday qilib o‘zlariga jalb qilishni, tuyg‘ulariga ishontirishni, har kim bilan til topishishni juda yaxshi bilishadi. Buning uchun ular imo-ishoralardan foydalanishadi, bu muloqotdoshlarini nafaqato‘ziga tortadi, balki taassurot ham uyg‘otadi.
Televizor ko‘rishni cheklash
Davlatmand insonlar kambag‘allardan ko‘ra kamroq televizor ko‘radi. Barcha boylarni bir odat birlashtiradi: o‘z vaqtini xoh ish vaqti bo‘lsin, xoh bo‘sh vaqti bo‘lsin, uni samarali o‘tkazish. Shu bois ularning aksariyati zangori ekranga tikilishdan ko‘ra kitob o‘qishni, sayr qilishni, mashg‘ulotga borishni yoki oddiy muloqotni afzal biladi. Ularning ta’kidlashicha, inson o‘zi uchun 3 ta xobbi topishi kerak: biri pul ishlash uchun, ikkinchisi ijod uchun va uchinchisi salomatlik uchun.
Rejalashtirish
Barcha millionerlar yo‘qotilgan pullarni qaytarib olish mumkin, lekin yo‘qotilgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi, degan fikrni tasdiqlashadi. Muvaffaqiyatga aniq rejasiz shunchaki ergashib bo‘lmaydi. Oltin qoida shuki: “To‘g‘ri tuzilgan reja yomon ishning oldini oladi!”. Buning uchun esa har bir millionerlar o‘z vaqtini taqsimlashni, qiladigan ishlarining ro‘yxatini qilishni va ma’lum bir maqsadlarni qo‘yishni bilishadi.