Sir emaski, ayollar gaplashishni yaxshi ko‘rishadi. So‘nggi tadqiqotlar ayollarning bir kunda besh soat g‘iybat qilishlarini ko‘rsatdi. Erkaklarning asosiy qismi esa ko‘p gapiradigan ayollarni yoqtirmaydi. Aytish joizki, ularning har ikkalasi ham o‘zicha haq.
Erkaklar biron narsa haqida o‘ylab olish uchun biroz vaqt yolg‘iz qolishga harakat qiladi. Ayollar esa, aksincha, fikr almashish yoki shunchaki hamdardlik tilaklarini eshitish maqsadida o‘z muammolarini dugonasi, onasi, opa-singillari yoki tanishlari bilan bo‘lishishni afzal ko‘radi.
Agar ayolni o‘zi kabilar bilan suhbatlashish imkoniyatidan mahrum qilsangiz, uni nafaqat dalda, kuch, hissiy yengillashishdan, balki o‘z shaxsiyatining bir qismidan ayirgan bo‘lasiz. Natijada u jazavali va asabiy bo‘lib qolishi mumkin.
Erkaklarning asosiy qismi ko‘p gapiradigan ayollarni yoqtirmaydi. Buning sababi shundaki, erkaklar miyasi ayollar odatda almashadigan katta hajmdagi axborotni qabul qilishga qodir emas.
Minglab yillar davomida ayollar g‘iybati erkaklar kulgusi nishoni bo‘lib kelgan. Gap shundaki, ayollar bosh miyasining har ikkala yarim sharida ikkita nutq markazi mavjud. Erkaklarda esa, nutq zonasi qat’iy belgilanmagan bo‘lib, butun chap yarim shar ushbu funksiya uchun javob beradi. Shuning uchun ham, bolalikda qizlar til mahorati bo‘yicha o‘g‘il bolalardan ancha o‘zib ketadi. Ular esa, o‘z navbatida, fizika va matematikada shubhasiz iqtidorliroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, ayollar miyasi o‘rganilganida, gapirish bilan bir vaqtda ularning eshitish markazi ham ishlashi aniqlangan. Bu xotin-qizlarga bir vaqtning o‘zida ham turli odamlarga gapirish, ham ularni eshitish imkonini beradi.