Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

“Avtotest” monopoliyasi tugatiladi


Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Avtotest’ning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.

Loyihada haydovchilarni tayyorlash va malakasi oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga berish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilariga o‘rnatilgan malaka oshirishga oid talabni qisman bekor qilish masalasi ko‘rilmoqda. Davriy ravishda haydovchilik malakasini oshirish talabini faqat tijorat sifatida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qoldirish taklif qilinmoqda.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3870 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AvtoTest
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное