Ashhobodda ochilgan yangi aeroport Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi
17 sentyabr' kuni Turkmaniston poytahti Ashhobodda 2 milliard dollardan ortiq mablag' sarflangan yangi aeroport ochildi. Bu haqida RIA "Novosti" habar berdi. Uch terminalga (yo'lovchi, VIP va yuk) ega aeroportning sig'imi tahminan 2000 kishiga mo'ljallangan. U har qanday turdagi samolyotni qabul qila oladi va halqaro standartlarga binoan hizmat ko'rsatishga qodir. Uchish-qo'nish yo'laklarining uzunligi - 3 800 metr. Aerovokzal majmui joylashgan hududning umumiy maydoni - 1 200 gektar. Aeroportning ochilish marosimida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ishtirok etdi. Davlat rahbari eng zamonaviy aeronavigatsiya bilan jihozlangan yangi aeroport halqaro savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga hizmat qilishini ta`kidladi. Asosiy yo'lovchi terminal binosining tomida dunyoning eng katta hajmdagi gilam ko'rinishidagi me`morchilik tasviri uchun yangi aeroportga Ginnesning rekordlar kitobidan sertifikat topshirildi. Ushbu "gilam"ning maydoni - 705 kvadrat metr.Turkmanistondagi yangi aeroport bundan avval mamlakatdagi bir qator diqqatga sazovor inshootlarni qurgan Turkiyaning "Plimeks" kompaniyasi tomonidan bunyod etildi.