Turkman xalqi milliy yetakchisi, Xalq kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi va Respublika Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning buvisi O‘g‘ulobod Berdimuhamedova 86 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Respublika Davlat axborot agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, O‘g‘ulobod Berdimuhamedovaning milliy merosni bugungi davr ruhiga mos ravishda boyitish, xalqning qadimiy an’analari davomiyligini saqlash, o‘zi yetib kelgan hunarmandchilik bilimlarini asrab-avaylash va keyingi avlodlarga yetkazishda xizmatlari katta.
“Uning hayot yo‘li turkman ayollari uchun ibrat maktabidir”, deyilgan xabarda.
Berdimuhamedova 1937 yil 15 iyun kuni Turkmanistonning Ko‘ktepa viloyatidagi Babarap qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning olti farzandi bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Prezidentining bobosi va turkman xalqi milliy yetakchisi Malikguli Berdimuhamedov 2021 yil aprelida 89 yoshida vafot etgandi.