AQShda “zombi” kasalligi deb atalayotgan yangi kasallik paydo bo`ldi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Mutaxasislarning aytishicha, bu kasallikdan insonlarning tanasi chirib, bo`laklarga bo`lina boshlaydi. Bunda chirish jarayoni yuz sohasidan boshlanadi.
Ma`lum bo`lishicha, kasallikni AQShga Iroq va Afg`onistondan qaytgan harbiy xizmatchilar, shuningdek Markaziy va Janubiy Amerikada sayohat qiladigan ekosayyohlar olib kirgan.
Bu kasallikning yiringli formasi yuzda bitmaydigan yaralarni keltirib chiqaradi. Uning ichki organlarga zarari haqida esa gapirmasa ham bo`ladi. Shuning uchun kasallikni o`z vaqtida aniqlash va unga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi.