Apple 72 soat ichida elektron do'konidagi dasturlarga narxlarni oshiradi
AQShning Apple korporatsiyasi o'zining App Store elektron do'konidagi dasturlarga narxlarni oshirmoqchi ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda 9to5Mac portali.
Xususan, narxlar, Rossiya, Kanada, Isroil, Meksika, Yangi Zelandiya, Singapur va JARda oshiriladi.
Dasturlar va dasturlar ichida xaridlarga narxlar yaqin 72 soatda oshiriladi. Narxlar o'rtacha 20-25 foizga oshiriladi.