Ushbu faktlar sizni hayratga soladi.
Andrey Malaxov — ommaviy va ochiq shaxs: teleboshlovchi intervyular paytida istalgan savollarga javob beradi, shaxsiy hayotini yashirmaydi, hamda jurnalistlarni bemalol uyiga taklif qiladi. Ammo Andrey Malaxovning biografisida siz bilmagan ayrim faktlar ham bor! Bugun 11 yanvar u 44 yoshni qarshi oldi, shu munosabat bilan u haqida eng qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
1. Bo‘lajak rafiqasini uchrashuvga koloniyaga taklif qilgan
Rafiqasi Natalya Shkulevani Andrey ishxonasida Hearst Shkulev Media Nashriyot uyida uchratgan. Ahamiyatli tomoni u bo‘lg‘usi rafiqasini birinchi uchrashuvga restoranga emas, Bryanskdagi qat’iy tartibli koloniyaga taklif qilgan! Andrey u yerda syujet suratga olayotgandi — u shu yo‘l bilan Natalyani sinamoqchi bo‘lgan. Natalya esa rozi bo‘lgan. «Bu o‘ziga xos test-drayv. Tanishimning aytishicha, birinchi uchrashuvga mana shunday g‘alati joylarga taklif qilib ko‘rish kerak.
2. Uning haydovchilik guvohnomasi yo‘q
Malaxovning haligacha haydovchilik guvohnomasi yo‘q. Andrey uni Amerikada malaka oshirgan davrida olishga harakat qilgandi, ammo o‘qish kutilmaganda uzildi: avtomaktab direktori pullarni olib yo‘q bo‘lib ketgan. Jurnalist sudga berib, yutib chiqdi, ammo shunday qilib na Amerikada va na Vatanida haydovchilik guvohnomasini ololmadi.
3. Yoshligida «Ostankino» telemarkazidagi divanlarda tunab qolardi
Moskva Davlat universitetining qizil diplomini qo‘lga kiritgach Malaxov «Ostankino»ga yo‘l oldi. Yo‘q, shaxsiy shousini qilish uchun emas — qahva tayyorlash va boshqa “qora” ishlar bilan shug‘ullanish uchun. Ayrim paytlarda ishlar shu qadar ko‘payib ketardiki, u ishxonada tunashiga to‘g‘ri kelardi. Ma’lum vaqt o‘tib, unga to‘rtdan bir stavkaga ish taklif qilishdi.
4. Shaxsiy narsalarini ishda saqlamaydi
Tonggi dasturda ma’lum vaqt ishlaganidan so‘ng, Andrey o‘z tok-shousini qilishga taklif oldi. Va ishdan bo‘shashga qaror qildi. Ammo bu haqda hamkasblariga aytishga ulgurmasidanoq uning narsalari ostonaga chiqarib tashlandi. Shundan buyon teleboshlovchi ish joyida hech narsa qoldirmaydi. Uning xonasida ikkita kartinadan boshqa narsa yo‘q.
5. Metroda yuradi va oddiy supermarketlarda bozor-o‘char qiladi
Aslida Andrey Malaxov — oddiy inson. Agar tirbandlikda qolib ketsa u metroga tushib navbat kutib chipta olishi mumkin. Ro‘zg‘or qilish kerak bo‘lganda esa supermarketlarga kirishdan uyalmaydi. Aytishicha, odamlar uni ko‘rib, bir-biriga gapirib, qo‘l bilan ko‘rsatadi, ammo oldiga kelmaydi.
6. Andrey Malaxov — pod’ezd bo‘yicha rahbar
Natalya Shkuleva bilan to‘yidan keyin Andrey Malaxov turmush o‘rtog‘ining uyiga ko‘chib o‘tdi. Ammo o‘zining kichik uyini ham sotmadi. Andrey u yerga haftada bir necha marta boradi. Bo‘lmasamchi: u yerda ahir u eng asosiy shaxsku. Majlislarda ishtirok etadi, XUMShlarga e’tirozlar bildiradi.
7. Kech qolishni yoqtiradi
Mas’uliyatli ish va kundalik efirlarga qaramay mamlakatning eng mashhur teleboshlovchisi hech qachon vaqtida ishga kelmaydi. Andreyning boshqa yomon odatlari yo‘q: jurnalist ichmaydi ham, chekmaydi ham. Ammo kechikkib turadi! Va o‘zini bu kamchiligini tarbiyalay olmaydi.